Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti professori Suyima G’anieva, "Eron adabiyoti tarixi", "Alisher Navoiy", "Ilm balog’ati", "Tazkirachilik an’analari, "Forsiy va turkiydagi she’riyat" va boshqa fanlardan dars beradi. O’zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi; O’zbekiston Davlat mukofotlari xay’ati a’zosi; "El-yurt xurmati" nishoni bilan mukofotlangan.
Tarjimai hol
Inson qismati ham murakkab, ham sirlidir - u qancha yashamasin va qanday ish bilan mashg’ul bo’lmasin, taqdir asrorini hech qachon to’la-to’kis anglay olmaydi. Ya’ni, vaqt o’tib nimalardir ravshanlashsa, nimalarnidir bilishga aqlning kuchi, idrokning imkoniyatlari yetmay qoladi. Ehtimol, mana shuning uchun ham o’z mavjudligini mushohada aylash insonni fikran faollashtirar, to’xtamay va toliqmay ilgarilashga rag’batlantirar.
Ilm va ijod, olim va ijodkor uchun shaxsiyatda ildizlangan ana shunday rag’bat tuyg’usi nihoyatda muhim. Aks holda har qanday iste’dod ham hayotning o’tkinchi raqobatlariga aralashib yo to’xtash, yo parchalanishga mahkumdir. Ilm va ijod ahli orasida dastlabki qadamlarining dadil va o’ktamligi bilan e’tibor topib, keyin butunlay to’xtab qolganlar qanchalik ko’p bo’lsa, tanlagan yo’lining qiyinchilik va mashaqqatlariga dosh berolmay ilm va ijodni tirikchilik vositasiga aylantirganlar ham shunchalik bisyor erur.
Olimni, eng avvalo, hayoti ilmdan, ilmi hayotidan ajralmagan kishi deb biladilar. Faqat ana shundagina inson o’zini ilmga to’liq bag’ishlashi va fan rivojiga munosib hissa qo’shmog’i mumkin. Atoqli olima, iste’dodli va zahmatkash navoiyshunos Suyima G’anieva xalqimizning ana shunday farzandlaridandir. Suyima G’anieva haqida gapirganda, so’z va ta’rif axtarishga aslo hojat yo’q: so’z ham, ta’rif ham o’z-o’zidan tug’ilaveradi.
Chunki XX asr o’zbek matnshunosligi, navoiyshunosligi va mumtoz adabiyotimiz matnlari nashr ishlarini Suyima G’anieva nomi va faoliyatisiz tasavvur etab bo’lmaydi. Shuning uchun ham, zehnu zakovati yuksak bu olimamizning ishlari faqat mamlakatamizda emas, balki Rossiya, Turkiya, Eron, Tojikiston, Ozarbayjon kabi xorijiy o’lkalarda ham yaxshi ma’lum.
Nazarimizda, Suyima G’anieva ilm va tadqiqotchilik faoliyati bilan mashg’ul bo’lmaganda ham, baribir adabiyotdan, ayniqsa, mumtoz she’riyatimizdan yiroq holda kun kechira olmasdi. Negaki, u tabiatan go’zallik va nafosat mushohadasiga qodir bo’lib dunyoga kelgan. Shu bois u hayot va adabiyot hodisotlariga keng nigoh tashlaydi, hech vaqt shaxsiy tuyg’uni tarixiy, ma’rifiy tuygudan oldinga chiqarmaydi.
Ilmiy tadqiqotlarida u doimo sinchkovlik bilan, tasodifiy fakt va ma’lumotlarga yon bermasdan izlanadiki, bundagi zavq, bilag’onlik va tabiiylik o’quvchini aslo befarq qoldirmaydi.
Suyima G’anievada haqiqiy olim - o’tkir didli, tolmas tadqiqotchi uchun zarur bo’lgan deyarli barcha fazilat va xususiyatlar mavjud desak, aslo mubolag’a bo’lmaydi. U, avvalo, til biladi. Fors va rus tillarida havas qilarli tarzda o’qib, yoza oladi. Buning eng e’tiborli dalili «Kalila va Dimna» ning o’zbek tiliga o’girilishi, Alisher Navoiyning rus tilidagi o’n jildlik asarlar to’plamida «Majolis un-nafois», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlarining Suyima G’anieva tarjimasida chop ettirilganvdir.
Suyima G’anievaning hayoti - qadimiy qo’lyozmalar, o’tmishda yaratilgan mo’’tabar kitoblarga ko’z nurlarini bag’ishlash, ularni xalqqa yetkazish farog’ati ila kechayotgan bir hayotdir. Zero, Gadoiy, Husayn Bayqaro, Huvaydo, Bayoniy kabi shoirlarimiz she’rlar majmualarini nashrga tayyorlovchi Suyima G’anieva hisoblanadi.
Suyima G’anievaning alohida e’tibor va tahsinga loyiq xizmati - bu Alisher Navoiy asarlarini nashrga tayyorlashi hisoblanadi. Olima «Majolis un-nafois»ning ilmiy-tanqidiy matnini chop ettirgach, «Navoiy dastxati» kitobini o’quvchilar hukmiga havola etdi. Alisher Navoiy mukammal asarlar to’plami (20 tomlik)da u «Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub», «Munshaot», «Vaqfiya», «Hamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Nazm ul-javoxir», «Muhokamat ul-lug’atayn» kabi asarlarni izoh va tarjimalar bilan nashrga tayyorlanganki, bu olimaning zahmatkashligi, shgokoati va fidoiyligining daxlsiz isbotidir.
Keyingi yillardagi mashhur nashrlardan Alisher Navoiy 20 tomligining bir necha nshldi Suyima G’anievaning mashaqqatli mehnati tufayli yuzaga kelgan. Olimaning Navoiy merosi yuzasidan olib borgan ko’p yillik izlanishlari natijasi bo’lmish «Navoiy nasri nafosati», «Navoiy yodga olgan asarlar», Navoiyning «Xamsat ul-mutaxayyirin» asari (tabdil matn, izoh, tarjima va so’zboshi bilan) nashrlar matnshunoslar uchun qo’llanmalar sifatida tan olindi.
Suyima G’anieva yigirmadan ortiq kitob, risolalar, uch yuzdan ziyod ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalarning ijodkori. Bularni ko’zdan kechirganda, olima ko’p vaqti va kuchini Navoiyning nasriy asarlari tadqiqiga bag’ishlaganligiga iqror bo’lasiz. Va Navoiy nasrining g’oyaviy-badiiy olamiga alohida bir nigoh ila nazar tashlaysiz, tasavvur va mushohadalaringizning boyishidan mamnuniyat sezasiz. Zero, Navoiyning nasriy merosini o’rganish - Suyima G’anieva ilmiy faoliyatining eng salmoqli, eng namunali qismini tashkil etadi.
U yaratgan ilmiy merosning deyarli 90 foizi Alisher Navoiy ijodiga bag’ishlanganligi bizga uni «O’zbek navoiyshunoslarining malikasi» deyishimizga huquq beradi. Beruniy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan ulkan salohiyatli navoiyshunos olima Suyima G’anieva to’g’risida ko’p gapirish mumkin. Uning tarjimonligi, tarjimashunosligi, murabbiylik faoliyati ham tahsinga loyiqdir.
Suyima G’anieva ustozlariga qanchalar sadoqatli bo’lsa, shogirdlariga ham shunchalar e’tiborli va mehribon. Ilmiy faoliyati bilan bir qatorda respublikamiz oliy o’quv yurtlari, jumladan, Toshkentdagi Milliy universitet, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent Davlat konservatoriyasidagi ko’p yillik samarali mehnatlari natijasida bu bilim dargohlarini bitirib chiqqan juda ko’p insonlarning ko’nglidan joy olgan.
Sababi, olima bilim dargohlarida ilmiy tajribalarini yoshlarga adabiy meros orqali, donishmand mutafakkirlarimiz va adiblarimizning ibratli hayotlari orqali ta’sir ko’rsata olish salohiyatini ham namoyon etib kelayotir. U ma’ruzalarida tinglovchini juda tez mumtoz adabiyotning sirli olamiga olib kirib keta oladi. Shogirdlar qalbiga yo’l topish uchun bilimi va ishi bilangina emas, ayni paytda odob-axloqi, madaniyati, rostgo’yligi va boringki, shirinsuxanligi-yu gapirish ohangi bilan ham kishini rom etadi.
Natijada, har bir mashg’ulotda ta’lim bilan bir qatorda sharqona tarbiya, milliy ma’naviyat, milliy ruh, umumbashariy qadriyatlarga osongina yo’l ochila qoladi. Shu bois ular oqila murabbiylarining 1999 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlanganini mamnuniyat bilan qabul qildilar. Suyima G’anieva hozirgi kunda ham Navoiy ijodi, mumtoz adabiyot, adabiy manbashunoslik, tarjimashunoslik bilan bog’liq bir qator fanlardan talabalarga saboq berib kelmoqda.
Mustaqillik yillari ta’lim sohasidagi barcha o’zgarishlarga munosabatini hozirjavoblik bilan bildira olgan murabbiy sifatida, «Navoiy asarlari matnshunosligi», «Balog’at ilmi», «Insho san’ati», «G’arb va Sharq adabiy aloqalari», «Qo’lyozmalar nashri» kabi o’quv fanlariga dasturlari tuzib, soha mutaxassislari e’tiboriga havola etdi. Bu dasturlarni zamon talablari darajasidagi fan bo’lib shakllanish yo’lida ko’p sa’y-harakatlar qildi.
Prof. Qosimjon Sodiqov bilan hammualliflikda yaratgan «Yozuv tarixi va kitobat san’ati» o’quv qo’llanmasida o’zining qo’lyozma manbalar ustida ishlash bo’yicha yiqqan ko’p yillik tajribalarini nazariy umumlashmalar tarzida talabalarga taqtsim etdi. Toshkent Davlat sharqshunoslik institutida bu fanlarning ko’pchiligidan Suyima G’anievaning o’zi dars berib kelmoqtsa. Bu yerda u kishini talabalargina emas, mudarrislar ham o’zlarining ustozlari deb biladilar.
Suyima G’anievaning televidenie va radiodagi chiqishlari ham ko’pdan-ko’p kishilarni o’ziga rom etgandir. Chunki olima ko’rsatuv va eshitgirishlarida doimo zarur, adabiyot muxlislari uchun qiziqarli fikr-mulohazalarni bayon qilishni juda yaxshi biladi.
Aziz o’quvchi! Mana qo’lingizda muhtarama olimamizning asarlar ro’yxati. Siz ularni ko’zdan kechirish bilan kifoyalanmang, albatta, topib o’qishga harakat qiling! Ana shunda Suyima G’anievaning kimligi va ilmda qanday baland martabaga ko’tarila olganligiga to’la-to’kis ishonch hosil qilasiz. Ana shunda oddiy bir o’zbek qizining ilm-fan va insoniy kamolotda qanday yuksak maqomlarga ko’tarila olganligiga qoyil qolasiz!
Suyima G’anievaning buyuk xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, u 2015 yil "O’zbekiston Qahramoni" unvoniga sazovor bo’ldi.
Faoliyati
Suyima G’anieva ilmiy asarlarining bibliografiyasi
(xronologiya tartibida berildi)
I. Kitoblar, risolalar, to’plamlarda va vaqtli matbuotda
nashr qilingan maqolalar
1956 yil
1. "Majolis un-nafois" Alishera Navoi: [literaturno-istoricheskiy analiz i kriticheskiy tekst III i IV madjlisov], AKD. //Leningrad, 1956. 1,0 p.l.
1959 yil
2. Ubaydiy, Aziziy, Baqoiy: [shoirlar haqida qisqacha ma’lumot]. / O’zbek adabiyoti, 4 tomlik, 3-tom. -T.: O’zdavadabiynashr, 1959. -B. 141-142.
3. Gulxaniy: [shoir haqida ma’lumot]. / O’zbek adabiyoti, 4 tomlik, 3- tom. -T.: O’zdavadabiynashr, 1959. -B. 515.
4. Mujrim Obid [shoir haqida qisqacha ma’lumot]. /O’zbek adabiyoti, 4 tomlik, 3-tom. -T.: O’zdavadabiynashr, 1959. -B. 631-632.
5. Ogahiy yubileyiga tayyorgarlik // Toshkent haqiqati, 1959, 15 sentyabrь.
6. Furqat: //O’zbekistoni surx, 1959, 25 sentyabrь.
7. Ogahiy yubileyiga bag’ishlangan ilmiy sessiya // O’zbekiston madaniyati, 1959, 26sentyabrь.
1960 yil
8. Svetlыy, vdoxnovennыy talant: [o Xamide Alimdjane] // Tashkentskaya pravda, 1960, 6 yanvarь.
9. Pevets drujbы narodov: [o Xamze] soavtor L. Kayumov // Russkiy yazыk v shkole, 1960, № 5.
10. Shoira Mehri // O’zbekiston madaniyati, 1960, 9 may.
11. Ulkan so’z san’atkori: [To’g’oloq Mo’lda] // O’zbekiston madaniyati, 1960, 11 iyunь.
12. Maxtumquli va o’zbek kitobxonlari // O’zbekiston madaniyati, 1960, 25 noyabrь.
1961 yil
13. Davr adabiy hayoti ko’zgusi: [arxeografik kirish] /Alisher Navoiy "Majolis un-nafois" asarining ilmiy-tanqidiy matni. -T.: Fan, 1961. -B. 3-48.
14. Navoiy ijodida xotin-qizlar obrazi // O’zbekiston madaniyati, 1961, 8 fevralь.
15. Xotin-qizlar ozodligi kuychisi // Qizil O’zbekiston, 1961, 9 fevralь.
16. Ulug’ shoir va mutafakkir // Yosh leninchi, 1961, 9 fevralь.
17. O’zbek xalqining dono farzandi // Kommunizm tug’i, 1961, 10
fevralь.
18. Umid tongini kultanlar // O’zbekiston madaniyati, 1961, 8 mart.
19. Qalb kuychisi // O’zbekiston xotin-qizlari, 1961, № 3.
20. Razvitie O’zbekskoy pisьmennosti i literaturы // Indiya, 1961. - mart-apr. (angl. i xindi).
21. Tagor // O’zbekiston madaniyati, 1961, 6 may.
22. O’zbekskaya sovetskaya poeziya // Yaponiya, 1961.- iyunь; // Indoneziya, - 1961.- iyunь.
23. Huvaydo: so’z boshi / Huvaydo. G’azallar. "Rohati dil" /. - T.: O’zdavadabiynashr, 1961.-B. 3-4.
24. Buyuk olim va san’atkor: [M.V.Lomonosov] // O’zbekiston madaniyati, 1961, 18 noyabrь.
1962 yil
25. Alisher Navoiy: hayoti va ijodi. -T.: Fan, 1962.
26. Bayoniy: so’z boshi / Bayoniy. She’rlar. -T., 1962.
27. Poshshoxo’ja: so’z boshi / Poshshoxo’ja. "Miftoh ul-adl". "Gulzor". / T.: Uzdavadabiynashr, 1962. -B. 3-10.
28. Zulmatda ziyo izlab... //O’zbekiston xotin-qizlari, 1962, №3.
29. Sharqning ulkan do’sti // O’zbekiston madaniyati, 1962, 7 fevralь.
30. Insonparvar shoir: [Sobir ijodi] // O’zbekiston madaniyati, 1962, 30 may.
31. Poetы i pisateli O’zbekskogo naroda // News, 1962.- iyunь. (angl.).
32. Ozarbayjon xalqining ulkan isyonkor shoiri: [Sobir ijodi] // O’zbekistonda ijtimoiy fanlar, 1962, № 7.
33. Do’stlik obidasi // O’zbekiston madaniyati, 1962, 16 avgust.
34. Shoir Gadoiy // O’zbekiston madaniyati, 1962, 1 sentyabrь.
35. Shoir va mutafakkir: [Fatali Oxundov ijodi]. // O’zbekiston madaniyati, 1962, 27 oktyabrь.
1963 yil
36. Ikkinchi hayoti bilan yashayotgan siymo // O’zbekiston madaniyati, 1963, 9 fevralь.
37. "Majolis un-nafois" ta’sirida yozilgan tazkira // O’zbek tili va adabiyoti, 1963, № 6.
38. Xalqlar madadkori va iftixori // O’zbekiston madaniyati, 1963, 13 oktyabrь.
1964yil
39. "Majolis un-nafois"ning forsiy tarjimalaridagi ba’zi bir ilovalar haqida // O’zbek tili va adabiyoti, 1964, № 2.
40. Do’stlar diyorida // O’zbekiston madaniyati, 1964, 15 fevralь.
41. Nur qo’ynida, baxt og’ushida // O’qituvchilar gazetasi, 1964. 5 mart.
42. Beqiyos oila va avlod // O’zbekiston madaniyati, 1964, 18 yanvarь.
43. O’zbek xalqining iste’dodli shoiralari // Ozarbayjon gadini, 1964, №5.
44. Abdurahmon Jomiy // O’zbekiston xotin-qizlari, 1964, № 11.
45. Ulug’ siymo: [Jomiy]. //O’zbekiston madaniyati, 1964, 11 noyabrь.
1965 yil
46. Shoir Gadoiy: so’z boshi / Gadoiy. She’rlar. -T.: Badiiy adabiyot, 1965.-B. 3-8.
1966 yil
47. Alisher Navoiy: [risola]. -T.: Bilim, 1966. -1 b.t.
48. "Majolis un-nafois" haqida: so’ngso’z / Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik. 12 tom. -T.: Badiiy adabiyot, 1966. -B. 211-214.
49. Noyob adabiy yodgorlik: so’ngso’z / Kalila va Dimna -T.: Badiiy adabiyot, 1966. -B. 209-212.
50. Abdurahmon Jomiy: so’ngso’z /Navoiy va Jomiy. -T.: 1966.
51. Gadoiy: so’ngso’z // O’zbek adabiyoti, 4 tomlikka ilova = 5 tom, 1-kitob.-T.: - 1966.
52. Navoiy va zamonamiz // O’zbek tili va adabiyoti, 1966, № 2.
53. Velikiy Navoi // Russkiy yazыk v shkole, 1966. № 4.
54. O’lmas daho sohibi // Sovet maktabi, 1966, № 9.
55. Hamisha barhayot //Saodat, 1966, №9.
56. Buyuk mutafakkir va shoir // O’zbekiston, 1966, № 12.
57. Navoiyshunoslik ravnaqi // O’zbekiston madaniyati, 1966, 9 fevralь.
58. Viden zdesь xudojnik vechnыy: [o pervыx perevodax na russkiy yazыk tuyugov i kыt’i Navoi]. // Pravda Vostoka, 1966, 9 fevralь.
59. On liru posvyatil narodu svoemu // Tashkentskaya pravda, 1966, 9 fevralь.
60. Isyonkor shoir: [Abdulla To’qay] // O’zbekiston madaniyati, 1966, 22iyunь.
61. Sharq tasviriy san’atining durdonasi: ["Boburnoma" miniatyuralari] // O’zbekistonda ijtimoiy fanlar, 1966, № 8.
62. Ikki xalq shoirasi // Sovet O’zbekistoni, 1966, 30 dekabrь.
63. Velichie Navoi // Pravda Vostoka, 1966, 27 dekabrь.
1967yil
64. Navoiy lirikasi. -T.: O’zbekiston, 1967.
65. Navoiy hayoti va ijodi. Chexoslovakiya FA. Sovet sharqi bo’limi. Inglizcha tarjimasi bilan. - Oriental, 1967.
66. Ochilmagan sahifa: [Navoiyning "Holoti Sayyid Hasan Ardasher" va "Holoti Pahlavon Muhammad" asarlari] // Sharq yulduzi, 1967, № 1.
67. Porso Shamsiev // O’zbek tili va adabiyoti, 1967, № 2.
68. Sevgi va do’stlik madhiyasi // O’zbek tili va adabiyoti, 1967, № 6.
69. "Malik ul-kalom" // Yangi yo’l, 1967, 9 fevralь.
70. Allomaning tabarruk yoshi: [Porso Shamsiev]. // Sovet O’zbekistoni, 1967, 11 fevralь.
71. "Hayrat ul-abror" // Haqiqati O’zbekiston, 1967, 8 mart.
72. "Mahbub ul-qulub" haqida // O’zbekiston madaniyati, 1967, 18 mart.
1968 yil
73. Alisher Navoi: [epoxa, jiznь, tvorchestvo i deyatelьnostь]. - T.: 3nanie, 1968, 1,5 p.l.
74. Alisher Navoiy: [hayoti va ijodi]. -T.: Fan, 1968, 9 b.t.
75. Husayn Boyqaro. Devon. Risola: [nashrga tayyorlovchilar: S.G’anieva va SH.Abdullaeva]. -T.: Adabiyot va san’at, 1968.
76. Genialьniy poet - Alisher Navoi / predislovie i bibliografiya: 1917-1966. -T.: -1968.
77. Navoiy dahosi: so’z boshi / Alisher Navoiy. Bibliografiya. 1917-1966.-T.: - 1968.
78. Husayn Boyqaro asarlari qo’lyozma va nashrlari to’g’risida: Navoiy va adabiy ta’sir masalalari. -T.: Fan, 1968. -B. 107-120.
79. "Mahbub ul-qulub" hakida // O’zbek tili va adabiyoti, 1968, № 3.
80. Koni hikmat // Mushtum, 168, № 6.
81. Ularni Navoiy tilga olgan // Saodat, 1968, № 9.
82. Navoiy tafakkuri - dillarimiz g’ururi // Saodat, 1968, № 9.
83. Bir g’azal ustidagi o’ylar // Saodat, 1968, № 9.
84. Proizvedeniya Navoi memuarnogo xaraktera // Obщestvennыe nauki v O’zbekistane, 1968, № 9.
85. Navoiy o’gitlari // Mushtum, 1968, № 16.
86. G’oyalar targ’ibotchisi: ["Lison ut-tayr" dostoni] // O’zbekiston madaniyati, 1968. -26 yanvarь.
87. Do’stlik obidasi // O’zbekiston madaniyati, 1968, 16 avgust.
88. Nafosat va go’zallik kuychisi // Toshkent oqshomi, 1968, 14 sentyabrь.
1969yil
89. Husayn Boyqaro asarlarining qo’lyozma va nashrlari // O’zbek tili va adabiyoti, 1969, № 1.
1970 yil
90. Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasi va samarqandlik shoirlar // O’zbek tili va adabiyoti, 1970, № 6.
1971 yil
91. Alisher Navoi - poet, mыslitelь-gumanist // Vecherniy Tashkent, 1971, fevralь.
92. Navoiyning maktublar majmuasi // O’zbekiston madaniyati, 1971, 9 fevralь.
93. Navoiy lirikasi // Toshkent oqshomi, 1971, 9 fevralь.
94. Sharqshunos olim: (SH.Shomuhamedov) // O’zbek tili va adabiyoti, 1971, №4.
95. Gurjistonlik olim tuhfasi: (R. Kiknadzening «Ulug’bek» asari) // O’zbek tili va adabiyoti, 1971, № 6.
1972 yil
96. Iste’dod qirralari: (S.N.Ivanov) // O’zbekiston madaniyati, 1972, 7 aprelь.
97. Yana Gadoiyning qasidasi va «Majolis un-nafois»ning yozilish ta’rixi // O’zbek tili va adabiyoti, 1972, № 5.
1974 yil
98. Alisher Navoiyning Sayyid Hasan Ardasher vafotiga yozgan marsiyasi // O’zbek tili va adabiyoti, 1974, № 1.
99. Shonli 50 yilda navoiyshunoslik // O’zbek tili va adabiyoti, 1974, №5.
100. Yuzinchi marta: («Shoh Edip» spektakli) // O’zbekiston madaniyati, 1974, 27 aprelь.
1975 yil
101. Navoiy nasri // O’zbekiston madaniyati, 1975, 7 fevralь.
102. «Munshaot»dagi ijtimoiy-siyosiy mazmundagi xatlar // O’zbek tili va adabiyoti, 1975, № 1.
103. Asrlar bilan hamnafas she’riyat: (Husrav Dehlaviy ijodi) // Sovet O’zbekistoni, 1975, 20 sentyabrь.
1976 yil
104. Poetika epistolyarnogo janra / na materiale «Munshaot» Navoi; (Tezisi dokladov i soobodeniy Vsesoyuznoy tyurkologicheskoy konferentsii). -Alma-Ata, 1976.
105. Alisher Navoiyning «Vaqfiya» asari / O’zbek adabiyoti tarixi masalalari.-T.: Fan, 1976. -B. 17-22.
106. Yubileynaya sessiya, posvyaщennaya 700 letiyu Xosrava Dehlavi // Obщestvennыe nauki O’zbekistana, 1976, № 8.
107. Hassos san’atkor: (Xusrav Dehlaviy). // Xorazm haqiqati. 1976, 28 aprelь.
108. Aziz Qayumov // O’zbek tili va adabiyoti, 1976, № 4.
109. Zahmatkash olim: (A.Hayitmetov) / hammuallif. // O’zbekiston madaniyati, 1976, 9 may.
110. Tvorets prekrasnogo: (o Kamile Xorazmi). // Tashkentskaya
pravda, 1976, 4 sentyabrь.
1977yil
111. Gadoiy /O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 1 tom. -T.: Fan, 1977.-B. 291-296.
112. Husayn Boyqaro / O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. II tom. -T.:Fan, 1977. -B. 30-38.
113. Nazm ul-javohir / O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. II tom. -T.: Fan, 1977. -B.195-201.
114. Lison ut-tayr / O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. II tom. - T.: Fan, 1977. -B. 323-336.
115. Alisher Navoiyning prozaik va ilmiy-prozaik asarlari / O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. II tom. -T.: Fan, 1977. - B. 337-340.
116. «Mahbub ul-qulub» / O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. II tom. -T.: Fan, 1977. -B. 341-356.
117. Majolis un-nafois / O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. II tom. -T.: Fan, 1977. -B. 357-373.
118. Holoti Sayyid Hasan Ardasher / O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. II tom. -T.: Fan, 1977. - 385-388.
119. Holoti Pahlavon Muhammad / O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. II tom.-T.: Fan, 1977. -B. 389-396.
120. Vaqfiya / O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. II tom. -T.: Fan, 1977. -B. 397-405.
121. Munshaot / O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. II tom. -T.: Fan, 1977. -B. 406-418.
122. «Muhokamat ul-lug’atayn»: (Hammuallif) / O’zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. II tom. -T.: Fan, 1977. -B. 419-427.
123. Insho san’ati va «Munshaot» // Guliston, 1977, № 2.
124. Ishq dostonining ikki talqini: («Tohir va Zuhra» operabaleti). // Sovet O’zbekistoni, 1977, 7 yanvarь.
125. Shoh baytlar majmuasi: (Abduljamil, «Tuhfat ussalotin») // O’zbekiston madaniyati, 1977, 8 fevralь.
126. Shoir nasrida Inson va xalq: (Navoiy). // Toshkent oqshomi, 1977, 9 fevralь.
127. Ilm ahlining murabbiysi // Namangan haqiqati, 1977, 9 fevralь.
128. Poet i mыslitelь // Rabochaya chestь, 1977, 9 fevralь.
129. Iste’dod jilosi // Sovet O’zbekistoni, 1977, 20 aprelь.
130. Porso Shamsiev: (Olimning 80 yillik yubileyiga) // O’zbek tili va adabiyoti, 1977, № 1.
1978 yil
131. Adabiy mavzu va lektorlik mahorati. - T.: O’zbekiston, 1978.
132. Navoiyga zamondosh shoiralar // O’zbekiston madaniyati, 1978, 7 fevralь.
133. S.N.Ivanov - tarjimon / Tarjima san’ati. -T., 1978.
134. «E’jozi Xusraviy» va insho san’atining ba’zi masalalari / Amir Xosrav Dexleviy (nauchn. trudы. TashGU № 575) -T.: TaSHGU, 1978.
135. «Mahbub ul-qulub» Komil tarjimasida: (Mirzo Barxudor asari). // O’zbek tili va adabiyoti, 1978, № 5.
1979 yil
136. Alisher Navoiy nasrida nazm va uning roli // O’zbek tili va adabiyoti, 1979, № 6.
137. Ayol // Saodat, 1979, № 3.
138. Nasrdagi badiiyat / «Xamsat ul-mutuhayyirin» asosida // O’zbekiston madaniyati, 1979, 9 fevralь.
139. Nasledie Navoi // Andijanskaya pravda, 1979, 8 fevralь.
140. Navoiy va navoiyshunoslar anjumani // Kommunist, 1979, 9 fevralь.
141. Leningradlik olim: (A.N.Boldыrev) // O’zbekiston madaniyati, 1979, 29 may.
1980 yil
142. Tabarruk dastxat: (Navoiy dastxati) (hammuallif) // Sovet O’zbekistoni, 1980, 8 fevralь.
143. Barkamol olim: (L.Qayumov) // Saodat, 1980, № 5.
144. Marhabo, bastakor dugonam! (SH.Oxunova) // Toshkent oqshomi, 1980, 11 iyunь.
1981 yil
145. Nasr va badiiyat: («Munshaot» asosida) / Navoiy va yujod saboqlari. -T.: Fan, 1981.
146. Navoiyshunoslarning an’anaviy ilmiy anjumani / Navoiy va ijod saboqlari. -T.: Fan, 1981.
147. Navoiy biografiyasiga oid bir xujjat // O’zbek tili va adabiyoti 1981, № 1.
148. Tadqiqotlar va samaralar (Navoiy konf-25 y. Shoir tavallud. 540 y. // O’zbekiston madaniyati, 1981, 10 fevralь.
149. Navoiynomai Sadriddin Ayniy // Haqiqati O’zbekiston, 1981, 10 fevralь.
150. Ulug’ shoir va mutafakkir //Lenin bayrog’i, 1981, 14 fevralь.
151. «Sadoqat»: (R.Abdullaev operasi) (hammuallif). // Sovet O’zbekistoni, 1981, 14 aprelь.
1982 yil
152. Alisher Navoiy ijodiyoti va nasr problemalari / O’zbek nasri tarixidan. -T.: Fan, 1982.
153. Alisher Navoiy «Xamsa»sining mukammal nashrini tayyorlash printsiplari // O’zbek tili va adabiyoti, 1982, № 1.
154. Bayramxon: qisqacha ma’lumot / Asrlar nidosi. -T., 1982.
155. S.N.Ivanov (hammuallif) // O’zbek tili va adabiyoti, 1982, №.2.
156. Vasiliy Yanning tarixiy romanlari / rets. Na knigu T.Lobanovoy «Istoricheskie romanы Vasiliya Yana» (hammuallif) // O’zbek tili va adabiyoti, 1982, № 5.
157. Uvaysi // Zvezda Vostoka, 1982, № 9.
158. Mir Navoi // Pravda Vostoka, 1982, 9 fevralь.
159. «Zanjirband sher» kechmishi // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1982, 12fevralь.
160. Kamolot. (Ivanov S.N. haqida) (hammuallif) // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1982,9 aprelь.
161. Ustodlar ustodi // Toshkent haqiqati, 1982, 12 may.
162. Pushkinnomaning ilk sahifasi // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1982, 11 iyunь.
163. So’lim, sehrgar va da’vatkor musiqa / R.Abdullaev "Hijron" va "Xirosima" vokal turkumlari haqida. // Yosh leninchi, 1982, 13oktyabrь.
164. Matn tiplari xususida // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1982,22 oetgyabrь.
165. Navoiyning "Muhokamat ul-lug’atayn" asari // Yulduz, Kobul, 1982.
1983 yil
166. "Mahbub ul-qulub" (so’z boshi) / Alisher Navoiy. "Mahbub ul-qulub" (tabdil matn). -T.: Adabiyot va san’at, 1983. -B. 3-10.
167. Teranlik // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1983, 4 fevralь.
168. Zvezda prekrasnaya: (Uvaysi - 200 let) // Komsomolets Uzbekistana, 1983,4 fevralь.
169. Djaxanbibi Uvaysi // Lenin bayrog’i, 1983,28 iyunь.
170. Xalq dilining kuychisi // Qishloq haqiqati, 1983,1 iyunь.
1984 yil
171. Osnovnыe printsipы izucheniya prozы Navoi / Folьklor, literatura i istoriya Vostoka (materialы III vsesoyuzn. tyurkologich. konf.). -T.: Fan, 1984.
172. Qush tili ishorati bilan: (so’z boshi) / Alisher Navoiy. "Lison ut-tayr" (tabdil matn). -T.: 1984.
173. Djaxanbibi Uvaysi: (predislovie) / Uvaysi. Lirika. -T.: 1984.
174. Jomiyning dastxat maktublari (hammuallif) // O’zbek tili va adabiyoti, 1984, № 1.
175. Yorqin zamon umidida: (Avaz). // Saodat, 1984, № 9.
1985 yil
176. Navoiy dahosining olmos qirrasi // Yosh leninchi, 1985, 10 dekabrь.
177. Velikiy podvig velikogo poeta // Selьskaya pravda, 1985, 10 dekabrь.
178. "Zihi tab’i tu, ustodi suxan" // Haqiqati O’zbekiston, 1985, 10 dekabrь.
1986 yil
179. Nafis xarakterlar talqini / Alisher Navoiy "Xamsa"si. - T.: Fan, 1986.
180. Ulkan matnshunos olim: (P.Shamsiev) /O’zbek matnshunosligiga oid tadqiqotlar (hammuallif). -T.: Fan, 1986.
181. Ilk muhabbat dostoni: ("Yusuf va Zulayho" haqida) (so’z boshi) /
Uch bulbul gulshani. -T.: Adabiyot va san’at, 1986. -B. 6.
182. She’riy injular: (so’z boshi) / Ruboiy sehri.-T.: Yosh gvardiya, 1986.
183. Ko’p tomlik "O’zbek adabiyoti tarixi"ni yaratish tajribasidan (hammuallif) // O’zbek tili va adabiyoti, 1986. -№ 4.
184. Zahmatkash olim: (A.Hayitmetov) (hammuallif) // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1986, 13 iyunь.
1987 yil
185. Navoiy xonadoniga mansub shoira (Ofoq begim Jaloyir)
//Sovet O’zbekistoni, 1987, 6 fevralь.
186. Shoir vafotiga Sharq marsiyasi // O’zbek adabiyoti va san’ati, 1987, 6 fevralь.
187. Prozaicheskoe nasledie Navoi / Istoriya O’zbekskoy literaturы, t. 1, -T.: Fan, 1987.
188. Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois" tazkirasi va turkman adabiy hayoti // Sovet adabiyoti, Ashxabad, 1987, № 6.
189. Inqilob kuychisi //O’zbek tili va adabiyoti, 1987, № 6.
190. Hamisha barhayot: (Navoiy ayollar haqida) // Toshkent haqiqati, 1987, 7 fevralь.
191. Qasidai ta’ziya // Haqiqati O’zbekiston, 1987,10 fevralь.
192. Pravde istorii vopreki. Ne soglasnы. (Soavtor) // Pravda Vostoka, 1987, 1 mart.
1988 yil
193. Mangulikka daxldor yodgorlik: (so’ngso’z) / Kalila va Dimna. -T.: 1988.
194. Xudojestvennoe masterstvo Navoi v proze /Tezisы V Vsesoyuznoy turkologicheskoy konferentsii. -Frunze, 1988.
1989 yil
195. Abdurahmon Jomiy (Risola) -T.: 1989.
196. Do’stlik madhiyasi / Abdurahmon Jomiy (575 yilligiga) - T.: 1989.
197. Nazmi diloshub, nasri xo’b // Haqiqati O’zbekiston, 1989, 9 fevralь.
198. Alisher Navoiy xalqlar do’stligi kuychisi // Lenin bayrog’i, 1989, 4 mart.
199. "Bo’stonida yuz gul erdi..." // Toshkent oqshomi, 1989, 22 mart.
200. Fidoiy inson // Xorazm haqiqati, 1989, 8 sentyabrь.
201. Navoiy dastxati va muhri // Xorazm haqiqati, 1989, 17 noyabrь.
202. Havasnok do’stlik va hamkorlik // Xorazm haqiqati, 1989, 13 dekabrь.
1990 yil
203. Vzglyad v vechnostь: Predislovie k russkomu perevodu "Munadjat" - (dannoe predislovie na frants. angl. ispan. nemets. urdu, xindi, farsi, dari, arabsk. yaznkax) // Sovetskiy O’zbekistan, 1990, №11.
204. "Alisher Navoiy qomusi" sahifalarida (Muhammad Ali, Darvesh Maqsud Andijoniy, Muhammad Badaxshoniy, Badiuzzamon, Maseh Balxiy, Pir Ali Jomiy) // San’at, 1990, №11.
205. Kuyunchaklik (Mo’min Mirzo) // Yosh leninchi, 1990, 16 avgust.
206. Mangu jasorat // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1990, 9 fevralь.
207. Vse o velikom poete (ob "Entsiklopedii Navoi") // Pravda Vostoka, 1990, 10 fevralь.
208. Vatanga sevgi // Lenin bayrog’i, 1990, 13 fevralь.
209. Navoiy til haqida // Do’stlik bayrog’i, 1990, 22 fevralь.
210. «Dihad az she’ri shirin komi dilho" // Haqiqati O’zbekiston, 1990, 9 fevralь.
1991 yil
211. Navoiy dastxati ("Navodir un-nihoya") (o’zbek, rus, ingliz, fors tillarida so’z boshi) -T.: Fan, 1991.
212. Ezgu g’oyalar kuychisi (Risola) -T.: O’zbekiston, 1991.
213. "Farhod va Shirin"ga sharh va izohlar / Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 20 tomlik, 8-tom. -T.: Fan, 1991.
214. "Nazm ul-javohir" muqaddimasi haqida // O’zbek tili va adabiyoti, 1991, № 1.
215. The book into eterity: ("Munojot"ning o’zbek, fors, ingliz, nemis va rus tillaridagi matniga so’z boshi) / Munojot. -T.: 1991.
216. "Jamolingdin ko’zum ravshan": (so’z boshi) / Husayn Boyqaro. -T.: 1991.
217. Alisher Navoiyning "Munojot" asari / Alisher Navoiy. G’azallar. Sharhlar. -T.: Kamalak, 1991.
218. Tehron kutubxonalarida Navoiy qo’lyozmalari // O’zbek tili va adabiyoti, 1991, № 4.
219. "Tengri panoh o’lsun anga" ("Nazm ul-javohir") // Saodat, 1991, №1.
220. "Alisher Navoiy qomusi" sahifalarida (Mir Ibrohim, Ali Karmol, Sulton Mas’ud Mirzo, Mo’min Mirzo) // San’at, 1991, №1.
221. «Alisher Navoiy qomusi» sahifalarida / (Ustod Hasan Noyi, Ofoq begim, Pahlavon Abusaid, Mir Said, Manuchehr Samarqandiy, Pahlavon Ushshoq Samarqandiy) // San’at, 1991, №2.
222. «Alisher Navoiy qomusi» sahifalarida / (Solimiy, Do’stmuhammad Udiy, Ogahiy Xurosoniy, Nagisoyi Changiy, Qabuliy) // San’at, 1991, №3.
223. «Alisher Navoiy qomusi» sahifalarida (Hofizi Qozoq, Ustod Qulmuhammad, Shayxiy, Shoh G’arib Mirzo) // San’at, 1991, №4.
224. Velikiy poet i mыslitelь uzbekskogo naroda. (Risola), Movarounnahr, 1991, №1.
225. Navoiyning tabarruk dastxati // Saodat, 1991, № 2.
226. «Navoiy nazmidin topg’ay navoe»: (Siroj ul-muslimin» haqida) // Yoshlik, 1991, №11.
227. Navoiy muhri // Sirli olam, 1991, № 11.
228. Alisher Navoiyning tabarruk dastxati: (so’z boshi) / Badiiy buklet,-T.: 1991.
229. Tabarruk dastxat / Badiiy bukletga so’z boshi. -T.: 1991.
230. Alisher Navoiyning nasriy merosi / Alisher Navoiy. Yubiley konferentsiya tezis materiallari. -T.: 1991.
231. «Hiloliya» qasidasi: (Hammuallif). // San’at, 1991, № 11.
232. Alisher Navoi's heritage in prose /«Navoiy» (press-byulletenь), 1991, № 1.
233. Navoiy dastxati // Navoiy, 1991, № 2. (ingliz tilida).
234. «Farxod va Shirin»ga izoh, sharhlar / Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 20 tomlik. 8-tom. -T: Fan, 1991.
235. «Xo’blar o’rgansalar tong yo’q Navoiy nazmini» // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1991, 8 fevralь.
236. Husayn Boyqaro // Sovet O’zbekistoni, 1991,8 yanvarь.
237. Munosib talqin: («Alisher Navoiy»ning yangi sahnaviy talqini) (hammuallif) // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1991,5aprelь.
238. «Uning nuri bilan ko’ngul yorug’ay» // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1991, 31 may.
239. Alisher Navoiy. Munojat. / Obraщenie k bogu / (Predislovie otdela kritiki) perevod S.Ganievoy. // Zvezda Vostoka, 1991, №9.
240. «Donolar suxanin izlab jahon kez»: (Firdavsiy «Shohnoma»si 1000 y. kongressi) // Xalq so’zi, 1991, 28 fevralь.
241. «Ishq agar komil erur» // Sovet O’zbekistoni, 1991, 6 iyunь.
242. «Ko’zumning mardumi odamdurur» // Oydin, 1991,27 noyabrь.
243. Vozlyublennыy serdets. Velikiy podvig poeta. Bessmerten kak narod // Pravda Vostoka, 1991, 27 sentyabrь.
244. Vzglyad v vechnostь (o «Munadjat»ye Navoi) // Literaturnaya gazeta, 1991, Dosьe-7.
245. Napisano sobstvennoruchno. // Pravda Vostoka, 1991, 27 sentyabrь.
246. Tabarruk izdan // Toshkent oqshomi, 1991, 26 sentyabrь.
247. Shuhratli hayot shukuhi // O’zbekiston matbuoti, 1991, № 11.
248. Alisherdek hayot kechirgil // Mushtum, 1991, № 2.
249. Abadiyatga dahldor yodgorlik: (so’z boshi) / Kalila va Dimna. -T.: O’zbekiston, 1991.
250. Shoirning muhri // Zarafshon (Samarqand), 1991, 27 sentyabrь.
251. Allomaning so’nggi asari /A.N.Boldыrev. Xoja Ahror. -T.: 1991.
252. Eron sari qadamlar // Xalq so’zi, 1991, 9 dekabrь.
253. Navoiy nasri // Navoiy. (Press-byulletenь) -1991, № 1.
254. Mirada a la etenidad (na ispansk. takje na russk. uzb. arab. indiysk. urdu, dari, angl. frants. nemetskom, farsi yazыkax) // Uzbekistan Contact, 1991, № 8.
255. «G’arib al-faqir Alisher» (o’zbek, rus, ingliz, olmon, ispan, frantsuz, urdu, hind, fors, arab va dari tillarida) // O’zbekiston-kontakt. 1991, №8.
1992 yil
256. «Olam ahli bilingizki...» // Toshkent oqshomi, 1992, 11 fevralь.
257. Dastxat va muhr // G’uncha, 1992, № 2.
258. Sankt-Peterburglik turkshunos olim (hammuallif) // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1992, aprelь.
1993 yil
259. Navoiy g’azallarida tasavvuf ohanglari (hammuallif) / Alisher Navoiyning adabiy mahorati. -T.: Fan, 1993.
260. Muning nuri bilan ko’ngul yorug’ay / Alisher Navoiy. «Siroj ul-muslimin». -T.: Minhoj, 1993.
1994 yil
261. «Xusho on damki, bo yoroni mehribon guzarad // Ovozi tojik, 1994, 24 iyulь.
262. So’z boshi o’rnida: (Gurji olimi Revaz Kiknadze haqida) / Revaz Kiknadze. Mirzo Ulug’bek. -T.: Kamalak, 1994.
263. Firdavsiy «Shohnoma»si O’zbekistonda / «Shohnoma»ning 1000 yilligiga bag’ishlangan jahon kongressi - ma’ruzalar to’plami. -Tehron, 1994. (fors tilida)
1995 yil
264. Hofizning bir g’azali va unga Foniy javobiyasi // O’zbek tili va adabiyoti, 1995, № 2.
265. Navoiy «tanbeh»lari // O’zbek tili va adabiyoti, 1995, № 5-6.
266. Katta-kichikka barobar alloma (P.Shamsiev) // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1995,4 avgust.
267. O’q va yoy risolasi (hammuallif) // Tafakkur, 1995, № 3-4.
268. Velikiy vo vse vremena // Golos Uzbekistana, 1995, 5 fevralь.
1996 yil
269. Qo’lda qalam dilda shijoat bilan... (A.Hayitmetov haqida) (hammuallif) // Guliston, 1996, № 4.
270. "Gulning atri va gulzor tabiatiman" yoki Nurjahonbegim haqida // Saodat, 1996, № 6.
271. «Tab’i xo’b, kalomi marg’ub»: (Shoh G’arib Mirzo) // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1996, № 6.
272. «Yetib el dardina ortuq biligi»: (Boysung’ur Mirzo) // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1996, 11 oktyabrь.
273. Xazinadan bahrador: (SH.Shomuhamedov) (hammuallif) // Milliy tiklanish, 1996, 23 aprelь.
274. Izvestnыy navoived: (ob A. Hayitmetove) // Vecherniy Tashkent, 1996, may.
275. Navoiy nazarini anglagan: (hammuallif) // O’zbekiston ovozi, 1996, 23 may.
1997 yil
276. Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub»ida tariqat maqomlari talqini // Sharqshunoslik. -T.: ToshDSHI, 1997.
277. «Mahbub ul-qulub»dagi yengi qaydlar // Turk lehceleri ve edibiyati dergisi/ Turkiya, 1997, № 13.
278. Allomaning so’nggi asari (A.N. Boldыrev) / Xoja Ahror. - ToshDSHI, 1997.
279. «Majolis un-nafois»ga izoh va tarjimalar. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 20 tomlik. 13-tom. T.: Fan, 1997.
280. Matnshunos: (Porso Shamsiev) // Ovozi tojik, 1997, 26 aprelь.
281. Shiftai hunari Sharq bud: (Muhyiddin Olimpur xotirasi) // Ovozi tojik, 1997, avgust.
282. «Mazori maro dar zamin majuy»: (Rumiy haqida) // Ovozi tojik, 1997, dekabrь.
283. Milliy tafakkurning shakllanishida Temur va temuriylar / Amir Temur va vatanparvarlik tarbiyasi. -T.: 1997.
1998 yil
284. Navoiy davri va hozirgi zamon // Inson va jamiyat. -T.: 1998.
285. «Mahbub ul-qulub»ning izoh, tarjimalari va ularga so’z boshi; «Munshaot» va «Vaqfiya»ga izoh, tarjima, qisqa sharhlar / Alisher Navoiy. Mukammal asarlar. 20 tomlik. 14-tom. -T.: Fan, 1998.
286. Uchinchi tarjima: («Majolis un-nafois»ning forscha tarjimasi») // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1998, 6 fevralь.
287. Boburning botiniy e’tiqodlari // Sohibqiron yulduzi, 1998, 24mart.
288. Navoiy armoni // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1998,27 mart.
289. Nusxai «Majolis un-nafois» az muzei Britaniya // Ovozi tojik, 1998,30 may.
290. Mumtoz rejissyor: (Ye.Bobojon) // Guliston, 1998, № 2.
291. Svetlыy um pojelal // Mayak Vostoka, 1998, № 1 -2.
1999 yil
292. «Vostochnaya poema» Mirza Fatali. Sb. Pushkin v Uzb. -T: 1999.
293. Faxriy Hirotiy «Ravzat us-salotin» va turkigo’y shoirlar // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1999, 5 mart.
294. Qasidai dar so’gvorii Pushkin // Ovozi tojik, 1999, 9 iyunь.
295. Istiqlol bahralari // Ishonch, 1999, 3 sentyabrь.
296. Gavharshodbegim // Gulchehralar, 1999,22 oktyarь.
297. Saroymulkxonim // Gulchehralar, 1999,6 noyabrь.
2000 yil
298. Navoiy nasri nafosati / maqolalar to’plami. -T.: 2000.
299. Umar Xayyom asarlarining o’zbek tiliga tarjimalari / Umar Xayyom vafotining 900 yilligiga bag’ishlangan xalqaro kongress. -Tehron, 2000.
300. «Javohir ul-ajoyib» - shoiralar haqidagi tazkira // Sharq mash’ali, 2000, № 2.
301. Dilda dard, ruhiyatda g’urur bilan // Hidoyat sari, 2000, № 2.
302. «Dilimning kuyishin sham’ga aytmoqchi bo’lsam» // Saodat, 2000, № 8.
303. Javohir ul-ajoyib//Adabiyot va san’at, 2000, 10 mart.
304. Navoiy darsi darkor // Ma’rifat, 2000, 1 aprelь.
305. Muxammasi Mo’’min Mirzo bar g’azali Jomiy // Ovozi tojik, 2000, 2 fevralь.
306. Se qabri Umari Xayyom // Ovozi tojik, 2000, 28 iyunь; va // Sadoi mardum, 2000, 12 avgust.
307. «Chekmadi naqshi vafo...»: (g’azal sharhi) // Toshkent oqshomi, 2000, 13 noyabrь.
308. «Xo’blar o’rgansalar...»: (g’azal sharhi) // Toshkent oqshomi, 2000, 18sentyabrь.
309. Nafis gullar majlisi // Gulchehralar, 2000, №11. noyabrь.
310. «Mushk isin yoshursa bo’lmas»: (g’azal sharhi) // Ishonch, 2000, 1 dekabrь.
2001 yil
311. «Tuhfat us-salotin» yohud shoh baytlar majmuasi // Imom al-Buhoriy saboqpari, 2001, № 2.
312. U ajoyib inson ustod edi: (U. Mamatoxunov) / O’zbekiston uyg’urlari.-T.:2001.
313. «Har birin to’rt durri gavhar degil» // Imom al-Buxoriy saboqlari, 2001, № 3.
314. Nasledie poeta // Pravda Vostoka, 2001,9 fevralь.
315. Dar Navoiy ba yodi Navoiy // Ovozi tojik, 2001,13 may.
316. «Zi umri benishon parhezu parhez» // Ovozi tojik, 2001, № 39.
317. Alisher Navoiy, buxorolik shoirlar va ularning ma’naviy madaniyat rivojidagi o’rni / «Alisher Navoiy ijodi va ma’naviy taraqqiyot masalalari» mavzuidagi Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi materiallari. - Navoiy, 2001.
318. Alisher Navoiyning «Munojot» asari / «Qo’lyozmala-durdonalar». -Al-Buxoriy jamg’armasi, 2001, aprelь.
319. «Kamolot Ka’basi»: (Navoiy bog’i haqida) // Fidokor, 2001, 15 mart.
320. «Sof qilay xotirnikim» // Sharq mash’ali, 2001, № 3.
321. Navoiy nasrining janr xususiyatlari / «Alisher Navoiy ijodi va uning jahonshumul ahamiyati» mavzuidagi ilmiy-anjuman ma’ruzalari tezislari. -T.: Fan, 2001.
322. Alisher Navoiy va ijodkor temuriy shahzodalar / Navoiyning ijod olami (Navoiy 560 yilligiga). -T.: Fan, 2001.
323. Navoiy yodga olgan asarlar // Sharq mash’ali, 2001, № 1 -2.
324. Navoiyning sharif muhri // Gulchehralar, 2001, yanvarь.
325. «Bilsa ko’ngul holatin» (g’azal sharhi) // Toshkent oqshomi, 2001, 24yanvarь.
326. «Kamolotan o’zidek bir jahon bil» (SH.Shomuhamedov 80 yilligiga) // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 2001, 13 aprelь.
327. Serjilo ijod sohibi: (hammuallif) // Ma’rifat, 2001, 25 aprelь.
328. Rind shoir: (Hofiz haqida) // Sino, 2001, № 3.
329. Muhammad Hakim Mirzo // O’zbek tili va adabiyoti, 2001, № 6.
2002 yil
330. Do’st uyida (Eron safari) // Sino, 2002, №5.
331. «Har nuktaga bir tarona» // Imom al-Buxoriy saboqlari, 2002, №3.
332. «Devoni Foniy»ga izoh, sharxlar / Alisher Navoiy. 18-tom. -T.: Fan, 2002.
333. «Har ki xudro shinoxt...» // Ovozi tojik, 2002, 18 sentyabrь.
334. Muhammad Doro Shukuh // Sharq mash’ali, 2002, № 1.
335. Anqarada navoiyshunoslar anjumani // O’zbek tili va adabiyoti, 2002, № 6.
336. «Majolis un-nafois»ning forsiy tarjimalari / Alisher Navoiy va fors-tojik adabiyoti konferentsiyasi tezis materiallari. -2002,13 mart.
337. «Ishq atvorini hifz aylay degan» // Toshkent oqshomi, 2002, 30 yanvarь.
338. «Sho’x tab’ va daqiqfahm javone» // Ovozi tojik, 2002,6 mart.
339. Milliy g’urur va millatparvar shoir // Ma’rifat, 2002, 13 fevralь.
2003 yil
340. Mumtoz adabiyot tarixidan yangi sahifalar. // Yangi yuz yillikda. -T.: 2003.
341. Navoiyning oxirgi dam
Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.
Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.
TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.
DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.
Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.
С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.
O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.
Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.