Hamid G‘ulom

Ёзувчи
Hamid G‘ulom
Таваллуд санаси:
25.04.1919
Вафот санаси:
21.08.2005

Hamid G‘ulom yetuk shoir, nosir va dramaturg. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi va davlat mukofotlari laureati. Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

Tarjimai hol

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi va davlat mukofotlari laureati Hamid G‘ulom yetuk shoir, nosir va dramaturg edi. H.G‘ulom 1919 yilda toshkentlik musiqa muallimi oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni bitirgach, O‘rta Osiyo Industrial instituti (1935-1937) vaToshkent pedagogika instituti (1938-1941) da tahsil oldi. 1954 yilda Moskvadagi Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institutiga o‘qishga bordi. So‘ng «Literaturnaya gazeta»ning O‘zbekistondagi maxsus muxbiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi (1958-1971), «Sharq yulduzi» jurnalining bosh muharriri va G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotining direktori lavozimlarida ishladi.

Hamid G‘ulom 2005 yilda vafot etgan.

Hamid G‘ulom adabiyotga o‘ttizinchi yillarning o‘rtalarida «Bizning lager», «Odam», «Quyosh kabi charog‘on» (1936) she’rlari bilan kirib keldi. Yosh shoirning ijodi o‘zbek adabiyotining katta vakillari G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda ta’sirida kamol topdi. U vatanparvarlik, dushmanga nafrat ruhi ifodalangan «Qasosim bor» (1942), «Katerina» (1942), «Ukraina yellari» (1943) kabi she’r va balladalarini urush yillarida yaratgan.

Faoliyati

Hamid G‘ulomning keyinchalik yaratgan «Qo‘shiqlarim» (1949-1956), «Dnepr bo‘yida» (1949), «G‘alaba yo‘lida» (1952-1956) asarlarida xalqimizning fashizmga qarshi kurashdagi qahramonliklari tasvirlangan. Uning «Olmos qizi» (1956), «Toshkentliklar» (1967) asarlari o‘zbek paxtakorlarining urushdan avvalgi fidokorona mexnati, xalq va armiyaning urush davrida ko‘rsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi. Ikki kitobdan iborat bo‘lgan «Mash’al» (1959) romanida Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillardagi o‘zbek xalqi hayoti badiiy tahlil etilgan.

Yozuvchining «Senga intilaman» (1963), «Binafsha atri» kabi romanlari esa Mirzacho‘lda tashkil etilgan birinchi jamoa xo‘jaligi haqida hikoya qiladi.

U ocherknavis va publitsist sifatida Yer kurrasida ro‘y berayotgan voqealar, jahon xalqlarining ozodlik uchun kurashi, tinchlik va xalqaro do‘stlik mavzularini yorituvchi «Qit’alar uyg‘oq», «Kuba haqida hikoyalar», «Uy», «Xirosima balladalari», «Evropa taassurotlari», «Jazoirda tong» kabi asarlarini yaratdi. Adibning «Vafoning uzun yo‘li» xotiralar to‘plami ham kitobxonlar tomonidan qizg‘in kutib olingan.

Adib asarlari ko‘pgina jahon xalqlari tillarida nashr etilgan. Birgina «Mangulik» romani xitoy tilida yarim million nusxada chop etilgan.

Shuningdek, H. G‘ulom A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, V. Shekspir, T. Shevchenko, Lope de Vega kabi yozuvchilarning asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dargan. Uning «Farg‘ona hikoyasi», «Toshbolta oshiq», «O‘g‘il uylantirish», «Ajab savdolar» kabi zamonaviy mavzularda yaratilgan komediyalari respublika teatrlarida namoyish qilinib, tomoshabinlar hurmatiga sazovor bo‘lgan.

Adibning «Muhabbat navosi» nomli ikki parda, besh ko‘rinishli musiqali dramasida XVI asrda Sharqiy Turkistonning Xo‘tan shahrida yashagan Omonniso bilan Rashidxon o‘rtasidagi muhabbat haqida hikoya qilinadi.

«Mashrab» romani ham tarixiy mavzuda yozilgan.

Hamid G‘ulomning o‘zbek ayolining yangi hayotiy faoliyatini ulug‘lovchi «Toshkentliklar» (1974) romani Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Adib «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/hamid_g%E2%80%98ulom
Сайт фойда берди!
85087 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси