Hamza Hakimzoda Niyoziy

Шоир, Ўқитувчилар, Ёзувчи
Hamza Hakimzoda Niyoziy
Таваллуд санаси:
1889 Mart 7
Вафот санаси:
1929 Mart 18

Hamza Hakimzoda Niyoziy - yangi davr o’zbek adabiyotining namoyandalaridan biri, shoir va dramaturg, bastakor va rejissyor, ma’rifatparvar-pedagog va jamoat arbobi hisoblanadi. U barmoq vazni yordamida mumtoz adabiyot janri bo’lgan aruz vaznini boyitdi. Xamza O’zbek milliy madaniyati rivojida nafaqat shoir va dramaturg sifatida, balki teatr arbobi, bastakor va sozanda sifatida ham o’chmas iz qoldirgan.

Tarjimai hol

Toshkent metro stantsiyalaridan biri hamda hozirgi milliy teatrga Xamza nomi berilgan.
1926 yil 27 fevralida Hamzaga birinchilardan bo’lib «O’zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan.
Yangi davr o’zbek adabiyotining namoyandalaridan biri, shoir va dramaturg, bastakor va rejissyor, ma’rifatparvar-pedagog va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yil 7 martda Qo’qon shahrida tabib oilasida tug’ildi. Hamza avval eski maktab va madrasalarda o’qib, fors, arab tillarini, rus-tuzem maktabida o’qib esa rus tilini o’rganishga muvaffaq bo’lgan.
Hamzaning badiiy ijodga qiziqishi barvaqt boshlangan. Hamza 1903-1914 yillar orasida "Nihoniy" taxallusi bilan 197 ta she’r yozib, ularni qo’lyozma devon shakliga keltirgan.
Bu she’rlarida Hamza o’zbek mumtoz adabiyoti an’analarining davomchisi sifatida namoyon bo’ladi.

Faoliyati

1909-1910 yillarda Toshkentda bo’lganida Munavvar qori, A.Avloniy, S.Rahimiy singari ma’rifatparvarlar bilan tanishib, ular ta’sirida jadidchilik harakatiga kelib qo’shiladi. Bu uch yo’l bilan amalga oshiriladi. Avvalo, Toshkent, Marg’ilon va Qo’qonda yangi usul maktablarini ochib, muallimlik qiladi. Qolaversa, mazkur maktablar uchun «Yengil adabiyot», «O’qish kitobi», «Qiroat kitobi» kabi darsliklar ham yaratadi. Va nihoyat, o’zining she’r va dramalari, publitsistik maqolalarida o’z xalqini ma’rifatga chorlaydi.
1915-1916 yillarda nashr etilgan «Milliy ashulalar» uchun milliy she’rlar majmuasi, «Oq gul», «Qizil gul», «Sariq gul» kabi she’riy to’plamlarida va «Yangi saodat» kabi nasriy asarlarida uning ma’rifatparvarlik g’oyalari to’la namoyon bo’lgan. Hamza shu davrda yozilgan «Yig’la Turkiston», «Oqibatsiz Turkiston», «Vatandoshlarimga xitob», «Dardiga darmon istamas» kabi she’rlarida xalqning «ruhsiz tandur, xanjar ursa qoni sochulmas» holiga kelganligidan nola chekadi, uni xurofot va jaholat botqog’idan chiqib, taraqqiy etgan xalqlar qatoridan o’rin olishga da’vat etadi.
Masalan: «Millat deganlarning oqar ko’z yoshi» she’rida shoir:
Yo millat deb ko’yida o’l, Nihoniy,
Yo dunyo deb millatdan uz vafoni, -
deya da’vatkor yo’lga o’tadi.
Zero, shoir kecha ma’rifatparvar adib sifatida kambag’al va yetim-yesirlar yonini olib: «Boshida posboni yo’q deb, yetim ahlini qaqshatma!» degan bo’lsa, bugun u jadidchilik harakatida turib, «Shundoq qolurmu?!» she’rida:
Turkistonning istiqboli
Siz xoinlarga qolurmu?! -
deya kurashga chorlaydi.
Shu holat uning bir qator dramalarida ham o’z maromiga ko’tariladi. Bu davrga kelib dramaturg-ma’rifatparvar adib sifatida ham samarali faoliyat ko’rsatadi. «Ilm hidoyati», «Normuhammad domlaning kufr xatosi», «O’ch» va «Zaharli hayot» kabi ilk dramalarida zulm va xurofotdan xalos bo’lishning birdan-bir yo’li ma’rifatdadir, degan fikrni olg’a suradi.
Hamza ijodida 1916 yilgi mardikorlikka olish voqealari ham o’z aksini topadi. Xususan, uning «Safsar gul» (1917) she’riy to’plami va «Loshman fojeasi» (1916 - 1918) trilogiyasi shu jihatdan muhimdir.
1917 yil Fevral inqilobidan keyin Hamza dunyoqarashida tebranish paydo bo’lib, u goh muxtoriyatchilar, goh ishchilar tarafiga o’tadi. Turkiston muxtoriyati tor-mor etilgandan keyin bolsheviklar tarafiga o’tib, sayyor dramatik truppasi bilan grajdanlar urushi frontlarida xizmat qiladi. Bu davrda u «Boy ila xizmatchi» (1917), «Kim to’g’ri?» (1918), «Tuhmatchilar jazosi» (1918) singari pьesalarini yozadi.
Faoliyat doirasi benihoya keng bo’lgan Hamza 20-yillarning boshlarida Xorazm Xalq Jumhuriyatiga borib, maktab va maorif ishlari bilan shug’ullanadi. U yerdan qaytgach, faqat ijodiy ishlar bilan mashg’ul bo’lish istagida Avval qishlog’iga boradi va dramatik ijodining gultoji bo’lgan «Maysaraning ishi», «Paranji sirlari» (1926) dramatik asarlarini yaratadi.
Hamza 1928 yil avgust oyida Shohimardonga yuboriladi. U yerda madaniy-oqartuv ishlari, xotin-qizlar ozodligi masalalari bilan shug’ullanadi. 1929 yil 18 martda u shu yerda fojeona halok bo’ladi.
1926 yil 27 fevralida Hamzaga birinchilardan bo’lib «O’zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/hamza_hakimzoda_niyoziy
Сайт фойда берди!
85308 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси