Ibrohim G‘afurov

Ёзувчи, Таржимон
Ibrohim G‘afurov
Таваллуд санаси:
1937 Dekabr 27

Ilk hikoyalari, maqolalari 1957 yildan buyon matbuotda ko‘rina boshladi. Birinchi kitobi «Go‘zallikning olmos qirralari» 1963 yilda chiqdi. Qirq yildan beri o‘zbek adabiyotining jonli jarayonlarini tahlil va tadqiq qilib keladi. Badiiyatda haqqoniylik, insoniylik, adolat, milliy o‘ziga xoslik va xolislik printsiplarining namoyon bo‘lishi holatlarini kuzatadi, shu yo‘lda rang-barang adiblar, adabiy hodisalar timsolida ilmiy-tanqidiy izlanishlar olib boradi. Mumtoz adabiyotimizda odamiylik va umuminsoniy qadriyatlarning aks etishini tadqiq qiladi. U adabiy avlodlarning maydonga kirib kelishi, adabiyotdan mustahkam o‘rin olishi. Izlanishlari, tajribalarining o‘ziga xosliklari, takrorlanmas xususiyatlarini ochish, xarakterli qirralarining shakllanishi ustida qiziqarli kuzatishlar qiladi.

Ibrohim G‘afurov 1980 — 2000 yillarda istiqlol madaniyati, ma’naviyati, erkinlik va axloq, yangicha insoniy qarashlarning shakllanishi, onglarning uyg‘onishi singari masalalarni Islom Karimov ilgari surayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy g‘oyalarga suyangan holda ko‘tarishni eng dolzarb vazifalardan deb qarab, shu yo‘lda qalam tebratib kelmoqda. U jahon adabiyoti mumtoz namunalarining milliy adabiyotimiz zaminiga kirib kelishi, tomir otishi, adabiy hodisalar, aloqalarning boyishiga ham munosib hissasini qo‘shmoqda.

Ibrohim G‘afurovning «O‘ttiz yilning izhori» (1987 y.) kitobi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan (1988 y.), «Yonar so‘z» kitobi Yoshlar mukofoti bilan taqdirlangan (1977 y.). U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. Jamoat ishlarida faol qatnashadi. Ikki chaqiriq O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati (1996 — 2005 y.). «Do‘stlik» (1995 y.), «Mehnat shuhrati» (2007 y.) ordenlari bilan taqdirlangan. Hozirda O‘zMU xorijiy tillar fakulteti, O‘zJTU tarjimonlik fakultetida tarjima nazariyasi tarixi, amaliyoti bo‘yicha kurslar o‘tadi.

KITOBLARI: 

  1. «Go‘zallikning olmos qirralari». Adabiy o‘ylar, Toshkent, 1964. 142 b.
  2. «Unutilmagan bog‘”. Usmon Nosir», 1967. 80 b.
  3. «Ona yurt kuychisi, Mirtemir», 1970. 38 b.
  4. «Joziba». Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1970. 197 b.
  5. «Yonar so‘z». Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1973. 183 b.
  6. «Yam-yashil daraxt». Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1975. 230 b.
  7. «O‘rtoq shoir». Maqsud Shayxzoda lirikasi, 1976. 110 b.
  8. «Yurak — alanga». Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1980. 294 b.
  9. «Prozaning shoiri. Said Ahmad mahorati», 1981. 157 b.
  10. «Lirikaning yuragi». Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1982. 272 b.
  11. «So‘zun ishig‘i». Muosir o‘zbek adabiyoti haqinda. Baki, 1979.
  12. «She’riyat — izlanish demak». Adabiy-tanqidiy ocherk, 1984. 222 b.
  13. «O‘ttiz yilning izhori». Ilmiy-tanqidiy risolalar, 1987. 398 b.
  14. «Iltijo». Mansuralar, 1991. 176 b.
  15. «Dil erkinligi». Mansuralar, badialar, hikoyalar, 1998. 151 b.
  16. «Hayo — xaloskor». Saylanma, mansuralar, risolalar. T., 2006. 384 b.
  17. «Mangu latofat». Saylanma, badialar (esselar), risolalar. T., 2008. 460 b.
  18. «Tarjimonlik mutaxassisligiga kirish». O‘quv qo‘llanma. T., 2008. 117 b.
  19. «Tarjima nazariyasi» (O.Mo‘minov, N.Qambarov bilan hamkorlikda). Qo‘lyozma. 500 b.
  20. «Qur’on tarjimalari: Tajribalar». Risola. «O‘zAS», 2009, 17 aprel
  21. «Hayot — xayol — xiyoboni» (Ibrohim G‘afurov safdoshlar va zamondoshlari zikrida). T., 2007. 372 b.

TARJIMALARI:

  1. Ernst Xeminguey. «Chol va dengiz», qissa.
  2. Ernst Xeminguey. «Alvido, qurol», roman.
  3. Konst. Paustovskiy. «Olis yillar», roman.
  4. Vadim Kojevnikov. «Qilich va qalqon», roman.
  5. Mirzo Ibrohimov. «Bo‘ron qushi», qissa.
  6. Sulaymon Rahimov. «Mohitobon», roman.
  7. Mirzo Ibrohimov. «Parvona», roman.
  8. Gi de Mopassan. «Azizim», roman.
  9. Fedor Dostoyevskiy. «Jinoyat va jazo», roman.
  10. Fedor Dostoyevskiy. «Telba», roman.
  11. Fedor Dostoyevskiy. «Qimorboz», roman.
  12. Nozim Hikmat. «Surur», roman.
  13. Chingiz Aytmatov. «Qiyomat» (Kunda), roman.
  14. Chingiz Aytmatov. «Chingizxonning oq buluti», qissa.
  15. Hind eposi «Panchatantra». Besh muqaddas kitob.
  16. Konfutsiy. Hikmatlar.
  17. A.Soljenitsin. Hikoyalar.
  18. V.Rasputin. «Yong‘in», qissa.
  19. Edgar Po. Hikoyalar.
  20. Folkner. Hikoyalar.
  21. F.Nitshe. «Zardo‘sht tavallosi»,nasriy doston.
  22. G.G.Markes. «Buzrukning kuzi»,roman.
  23. Jeym Joys. «Uliss», roman.
  24. Ch.Aytmatov. «Qulayotgan tog‘lar», roman.
  25. F. Dostoyevskiy. «Iblislar», roman.

HUJJATLI ADABIY FILMLAR STSENARIYLARI:

  1. «G‘afur G‘ulom».
  2. «Maqsud Shayxzoda».
  3. «Zulfiya».
  4. «Boborahim Mashrab».

TVda turkum mualliflik ko‘rsatuvlari:

«Tafakkur yolqinlari».

KEYINGI 2002 — 2004 YILDA YoZILGAN

PUBLITSISTIK, SIYoSIY, ADABIY-TANQIDIY BADIALAR

  1. «Tole yor bo‘lsin». «Milliy Tiklanish», 2002, 8 yanvar.
  2. «Yashashning tayanch nuqtasi». «Xalq so‘zi», 2002, 16 yanvar.
  3. «Navoiy va nilufar». «Sog‘lom avlod», 2002, 7-18 fevral.
  4. «Sinov oldidan». «Xalq so‘zi», 2002, 2 aprel.
  5. «Etti yil ichida». «Milliy Tiklanish», 2002, 8 iyun.
  6. «Ona rizosi rohat», esse-hikoya, «Saodat», 2002, 2-son.
  7. «Hayot sheriklik va hamkorlikda. O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi Tarixning boshlanishi». Dialog. Erkin Vohidov — Ibrohim G‘afurov. «Milliy Tiklanish», 2002, 30 iyul.
  8. «Cho‘loq qarg‘a». Esse-hikoya. «Milliy Tiklanish», 2002, 30 iyul.
  9. «Adolat va insoniylik mezonlari». «Xalq so‘zi», 2002, 1 noyabr.
  10. «Muallaq qolmagay». «Milliy Tiklanish», 2000, 8 avgust.
  11. «Qarashlarimiz ochiq-oshkora». «Xalq so‘zi», 2002, 12 dekabr.
  12. «Fazlu fasohat va zakovat sohibi. Erkin Vohidov — shoir — inson, jamoat arbobi». «O‘zbekiston qahramonlari». To‘plam. 2001.
  13. «Haqgo‘y adib va inson. Shuhrat haqida xotira-esse». «Ma’rifat», 2003, 19 aprel.
  14. «Asqad Muxtor huzurida — bog‘da. Asqad Muxtor haqida xotira-esse». «Gulchehralar». 2003, may.
  15. «Saida Zunnunova. Xotira-esse». Saida Zunnunova. Tanlangan asarlar. So‘z boshi.
  16. «Maqsud Qoriyev — nosir va jurnalist». Maqsud Qoriyev. Tanlangan asarlar. So‘z boshi.
  17. «Shoir Azim Suyun». Azim Suyun. Tanlangan asarlar. So‘z boshi.
  18. «Shoir Sa’dulla Hakim». Sa’dulla Hakim. Tanlangan she’rlar. So‘z boshi.
  19. «Yurak mulkidagi kashfiyotlar». Erkin Vohidov. Saylanma. So‘z boshi.
  20. «G‘afurona tarona». G‘afur G‘ulom mahoratining oltin qirralari. Esse-maqola. «Jahon adabiyoti», 2003, 4-son.
  21. «Ko‘ngil parchalaridagi yozuvlar». Mansuralar. «Jahon adabiyoti», 2003, 10-son.
  22. «Hayo — xaloskor». Badia-axloq. «Xalq so‘zi», 2003, 10 yanvar.
  23. «Vaqt — uchib borayotgan qush», badia. «Huquq», 2003, 5 fevral.
  24. «Xalq yengilmaydi», publ. «Milliy Tiklanish», 2004, 3 aprel.
  25. «Parlamentga hamqadam», pulb. «Xalq so‘zi», 2004, 22 aprel.
  26. «Zardo‘sht tavallosi», badia tarjima. «Jahon adabiyoti», 2004, I-4.

2005-2009 yillarda Ibrohim G‘afurovning o‘ttizdan ortiq ilmiy-adabiy tanqidiy risolalari bosilib chiqdi.

U o‘nlab kandidatlik dissertatsiyalariga rasmiy tarzda opponentlik qilgan.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/g%E2%80%98afurov_ibrohim_
Сайт фойда берди!
85087 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси