Shoir va nosir To‘lqin Imomxo‘jayev inson sifatida o‘ta kamtar, andishali va imonli edi. Binobarin, u faqat asarlari bilangina emas, o‘zining namunaviy, ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan ham kitobxon hurmatiga kirgan edi. Uning bir necha sahna asarlari Muqimiy teatrida («Oltin kamar», 1979), Satira teatrida («Buvam uylanmoqchi», 1993) va Yosh tomoshabinlar sahnasida («Qaynar xumcha», 1996) namoyish etilgan.
Tarjimai hol
Shoirning asl ism-sharifi To‘lqin Imomxo‘jayev bo‘lib, 1938 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, 1956-1961 yillarda Toshkent Davlat universitetining (hozirgi Milliy universitet) filologiya bo‘limida o‘qigan.
1961-1970 yillarda esa G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik Toshkent telestudiyasida katta muharrir, «Yangi avlod» nashriyotida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib xizmat qilgan.
Undagi adabiyotga qiziqish o‘rta maktabdaligidayoq uyg‘onib, bu qiziqish uni shoir G‘ayratiy boshliq adabiy to‘garakka olib boradi. U Erkin Vohidov va iste’dodli shoir Sayyor bilan ana shu adabiy to‘garaqda kamol topadi.
U inson sifatida ham o‘ta kamtar, andishali va imonli edi. Binobarin, u faqat asarlari bilangina emas, o‘zining namunaviy, ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan ham kitobxon hurmatiga kirgan edi.
Shunday qilib, To‘lqin adabiyotimizning katta va qutlug‘ dargohiga 60-yillarning boshlarida kirib keladi.
Faoliyati
Shoirning ilk she’riy to‘plami 1962 yilda «Jilg‘alar» nomi bilan chop etiladi. Shoirning «Yurak tinchimaydi» (1963), «Sevgim» (1965), «Buloq qo‘shig‘i» (1966), «Yuragimdan izlangiz» (1968), «Yulduzlar to‘kilmaydi» (1968), «Sevgi ko‘prigi» (1974), «Umrdan hadya» (1978), «Birinchi muhabbat bekati» (1980), «O‘sha muhabbat» (1988), «Yana uchrashamiz» (1988), «Bir xiyonat fojiyeasi» (1995), «Sochilgan sirlar» (1996) kabi o‘nlab she’riy va nasriy to‘plamlari chop etiladi. Bular orasida «Bola va burgut» (1968), «Quduqdagi quticha» (1968), «Salom, assalom» (1979), «Sevara» (1980), «G‘unchalar» (1986) kabi yoshlar va o‘smirlar uchun alohida kitoblari ham mavjuddir.
To‘lqin shoir va nosir bo‘lishi bilan birga bir necha sahna asarlari ham yaratgan. Ulardan biri Muqimiy teatrida («Oltin kamar», 1979), yana biri Satira teatrida («Buvam uylanmoqchi», 1993) va boshqasi Yosh tomoshabinlar sahnasida («Qaynar xumcha», 1996) namoyish etilgan.
Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.
Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.
TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.
DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.
Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.
С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.
O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.
Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.