Javlon Umarbekov

Рассом
Javlon Umarbekov
Таваллуд санаси:
17.06.1946

Javlon Umarbekov iste'dodli rassom. Ijodiy yetuklikka erishgan musavvir mustaqillik kunlarida yangi-yangi tasviriy san'at asarlari ustida ishlab, yirik monumental polotnolar yaratmoqda.

Iste'dodli rassom Javlon Umarbekov 1946 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1961 —1966 yillarda P. P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida, 1966—1972 yillarda Butunittifoq Davlat Kinematografiya institutida (VGIQ)da ta'lim olib, juda erta, 1965 yilda o‘z ijodini boshladi.

Shu yili Respublika I - yoshlar ko‘rgazmasida «Hosil» polotnosi bilan ishtirok etdi.

1972 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalari rassomlari ko‘rgazmasida qatnashdi.

1972 yildan A. Navoiy nomdagi Adabiyot muzeyida bosh rassom bo‘lib ishlay boshlaganda O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi a'zoligiga qabul qilindi. 1974 yildan Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutida pedagoglik qildi.

1976 yildan O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi prezidiumi a'zosi, rangtasvirchilar bo‘limi raisi bo‘lib ishladi.

J. Umarbekov 1977 yilda Polshaning Zelenagura shahrida bo‘lib o‘tgan rassomlar planerida ishtirok etdi va «Katta suv», «O‘tmish—bolalik», «Mening do‘stim» polotnolari uchun Butun ittifoq yoshlar mukofoti sovrindori bo‘ldi.

1978 yilda Jazoirda (al-Jazoir shahri) uning shaxsiy ko‘rgazmasi namoyish etildi va turkum «Jazoir bo‘ylab» asarlarini, 1979 yilda Gruziyadagi Kutaisi shahrida rangtasvir planerida ishtirok etib, «Imperetiya» turkumidagi polotnolarini yarata boshladi.

1980 yilda Yosh rassomlarning Toshkentda bo‘lib o‘tgan Butun ittifoq ko‘rgazmasida ishtirok etib, «Tafakkurli inson» polotnosini tugatdi. 1981 yilda Surxondaryo viloyatiga ijodiy safar qilib, «Surxondaryo» turkum asarlarini yaratdi.

1982 yilda Issiqko‘lga safar qilib, «Issiqko‘l» turkum asarlarini yaratdi. 1983 yilda Kuopio shahrida (Finlyandiya) o‘tkazilgan Xalqaro rassomlar ijodiy uchrashuvida, 1985 yilda Moskvada o‘tkazilgan XII Xalqaro studentlar va yoshlar festivalida, 1987 yilda Vuppertal shahrida (Olmoniya) Xalqaro ko‘rgazmada, 1988 yilda Dyusseldorf shahridagi Xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi.

J. Umarbekov Toshkent shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlab «Toshkentning 30 ko‘rinishi» turkumini, «Navro‘z» monumental polotnosini, Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik to‘yiga bag‘ishlab «Yetti iqlim sultoni» polotnosini yaratdi. Uz ustida sil ishlash, ijodiy izlanish, jahon miqyosida bo‘lgan katta Xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z asarlari bilan ishtirok etish, Olmoniya, Yugoslaviya, Avstriya, Kuvayt, Turkiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda ijodiy safarlarda bo‘lish musavvirning ijodiy kamolot cho‘qqilarini egallashida muhim omil bo‘ldi.

Ijodini «Navo», «Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy bolalikda» singari uslubiy jihatdan romantik, jozibador rasmlar chizishdan boshlab, 1970—80-yillardagi asarlarida asosiy falsafiy va axloqiy qadriyatlarni idrok etishga qaratilgan izlanishlar orqali 1990 yillar boshiga kelib, kutilmagan holda avvalgi plastik ideallari hamda ma'no ohanglarini o‘ziga xos tarzda «tuzatishga» kirishgan rassom, o‘z asarlaridagi samoviy yuksaklik qayg‘usidan voz kechadi va tuyg‘ular olamining boshqa jihatini tadqiq etishga e'tiborni qaratadi.

U butun borlig‘i bilan milliy ijodkor o‘zbekona milliy an'analar va o‘ziga xosliklar spektri shubhasiz keng hamda boy. J. Umarbekov buni his etadi — uning asarlarida xalqning milliy xarakteriga xos kayfiyatlar, ruhiy holatlar va timsoliy hissiy ohangdorlikning keng majmuasi ko‘zga tashlanadi.

Aynan shu ma'noda 90-yillar boshidagi ijodida ko‘tarinki ruhdagi uslubning paydo bo‘lishi, o‘zini ijodiy ifoda etishda erkinlik davrining boshlangani noyob tarixiy jarayon—o‘zbek xalqining o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan barobar yuz berdi. Uning ijodi xalqimizning boy madaniy-tarixiy an'analari va ulkan badiiy merosidan bahra olib shakllandi, u dunyo san'atining ajoyib, kuchli tajribalaridan quvvat oldi.

Ijodiy ishni jamoat va pedagoglik ishi bilan birga olib borib, 1984 yilda O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaruvi raisi lavozimida ishladi.

Uning O‘zbekistonda tasviriy san'at ravnaqiga qo‘shgan hissasi «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi» (1982), «O‘zbekiston xalq rasssomi» (1989) unvonlari bilan taqdirlandi.

Ijodiy yetuklikka erishgan musavvir mustaqillik kunlarida yangi-yangi tasviriy san'at asarlari ustida ishlab, yirik monumental polotnolar yaratdi. 

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/umarbekov_javlon_yusupovich
Сайт фойда берди!
86206 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси