Mirabror Usmonov

Давлат арбоби
Mirabror Usmonov
Таваллуд санаси:
1947-yil 4-iyul

Mirabror Usmonov — taniqli davlat va sport arbobi.

1947-yil 4-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1978-yilda Samarqand kooperativ institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan

1990—1992 yillarda O‘zbekiston savdo vaziri bo‘lgan,

1992—1994 yillarda esa «O‘zbeksavdo» kompaniyasiga rahbarlik qildi.

1994—2005 yillarda bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.

2006 -2018 yillarda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti.

2013—2016 yillarda bir vaqtning o‘zida Milliy olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qildi.

2005 yildan senator, ayni paytda — Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

Olimipiya qo‘mitasini garchand u qadar uzoq vaqt boshqarmagan bo‘lsalarda, millat sporti tarixiga o‘z nomlarini oltin harflar bilan yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldilar. Bugun shuni yuksak faxr bilan ayta olamizki, bevosita Mirabror Usmonov rahbarligida O‘zbekiston delegatsiyasi Olimpiya o‘yinlaridagi o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Davlatimiz rahbariyati va shahsan Prezidentimizning bevosita qo‘llab quvvatlashi natijasida, shuningdek, Mirabror Zufarovichning tashabbuslari bilan o‘zbek sporti tarixida birinchi marta Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan sportchilar va ularni tarbiyalagan murabbiylarni moddiy jihatdan rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi.

Sportchi va murabbiylarga ko‘rsatilgan bunday g‘amho‘rlik keyinchalik XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘z mevasini berdi. O‘zbekiston delagatsiyasi Rio-de-Janeyro mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlarida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza, jami 13 ta medal bilan 207 mamlakat vakillari orasida 21-o‘rinni egalladi. Demak, aynan Mirabror Usmonov rahbarligida O‘zbekiston delegatsiyasi Olimpiya o‘yinlaridagi samardorligini ham sifat, ham son jihatidan ikki marta yaxshilashga erishdi.

Mirabror Usmonovning xizmatlari Hukumatimiz tomonidan ham munosib baholanib, ular turli yillarda quyidagi orden va faxriy unvonlarga sazovor bo‘lganlar:

“Mehnat Shuhrati” ordeni (1995 y.)

O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i (1997 y.)

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2007 y.)

“El-yurt hurmati” ordeni (2011 y.)

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni (2016 y.)

“Do‘stlik” ordeni (2017 y.)

Mirabror Zufarovich shuningdek, Xalqaro futbol federatsiyalar Assotsiatsiyasi (FIFA)ning “Xizmatlari uchun” hamda Osiyo Olimpiya Kengashining “Oltin ordeni” bilan taqdirlanganlar.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 4 iyuldagi farmoni bilan 70 yoshini nishonlayotgan Mirabror Usmonovni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi, kamtarin inson, mehribon rahbar, o‘z kasbiga mehr qo‘ygan kuchli professional shaxs sifatida tanilgan.

Сайт фойда берди!
42678 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2023
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси