Munojat Yo‘lchiyeva

Қўшиқчи
Munojat Yo‘lchiyeva
Таваллуд санаси:
26.12.1960

Munojat Yo‘lchiyeva o‘zbek mumtoz ashulalarining mohir ijrochisi. Mustaqillik sharofati ila O‘zbekiston dunyoga yuz tutayotgan tarixiy davrda Munojat Yo‘lchiyeva va unga o‘xshash iste’dodli xonandalarimiz xorijiy mamlakatlarga kontsert safarlariga chiqish imkoniyatiga erishib, o‘z san’atlari bilan dunyo tomoshabinlari olqishiga sazovor bo‘lib, o‘zbek mumtoz musiqasi, ashula san’atining noyob durdonalarini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etib, qadimiy san’atimiz va ma’naviyatimizni ko‘z - ko‘z qilmoqdalar.

Munojat Yo‘lchiyeva 1994 yilda «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni, 1998 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan. O‘zbek mumtoz ashulalarining mohir ijrochisi Munojat Yo‘lchiyeva 1960 yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi Shirmonbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1978-1980 yillarda Toshkent Davlat konservatoriyasining Sharq musiqasi tayyorlov bo‘limida o‘qib, 1985 yilda Toshkent Davlat konservatoriyasi Sharq musiqasi fakultetining an’anaviy ashula bo‘limini tugatdi. 1980 yil 9 fevralda O‘zbekiston Davlat Teleradioeshittirishlari qo‘mitasi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 539 yilliti munosabati bilan tayyorlangan «Nazm va navo» ko‘rsatuviga ustozi Shavkat Mirzayev rahbarligida qatnashib, «Munojot» va «Ushshoq» ashulalarini ijro etdi va shu qo‘shiqlari bilan el nazariga tushdi va shundan so‘ng O‘zbekiston Davlat Teleradioeshittirishlari qo‘mitasi qoshidagi maqomchilar ansambliga ishga taklif qilindi. 1982 yilgacha Maqomchilar ansamblida yakkaxon xonanda, 1982 yildan buyon O‘zbek Davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda bo‘lib faoliyat ko‘rsatmoqda.

Asosan maqom ashulalarini ijro etish yo‘lidan borayotgan xonanda o‘zining dilbar ashulalari bilan tezda keng jamoatchilik diqqatini o‘ziga tortdi. G‘oyat go‘zal va yoqimli ovozdan tashqari juda katta tayyorgarlik asosida aytiladigan «Sarahbori navo», «Sarahbori Dugoh», «Ushshoq», «Dugohi Husayniy», «Chorgoh», «Safti Chorgoh», «Bayoti Sheroziy talqinchasi», «Girya» kabi maqom ashulalari, «Ey, dilbari jononim», «Farg‘onacha Shahnoz» katta ashulalari, «O‘lturg‘usi», «Dasht-navo», «G‘uncha yanglig‘», «Tanovar», «Izlayman» xalq ashulalari, «Mehnat ahli», «Aylading», «Nihon etdi», «Bul ajab», «Kim keyin - kim ilgari», «La’li Yaman» va boshqa qator durdona ashulalar Munojat Yo‘lchiyeva repertuaridan mustahkam o‘rin olgan.

Asl musiqa millat tanlamaydi, chunki yaxshi musiqa, kuy va ashulani turli millat tinglovchilari ham maroq bilan eshitib, orom oladi. Shuning uchun ham xonandaning yurakdan aytiladigan ohangrabo ashulalari faqat xalqimizninggina emas, balki u kontsert safarlarida bo‘lgan Amerika, Frantsiya, Belgiya, Gollandiya, Olmoniya, Gonkong, Braziliya, Italiya ,Norvegiya, Marokash va boshqa qator mamlakatlarning san’at muxlislarini ham maftun etdi.

Xonandaning o‘zi e’tirof etishicha, yaxshi musiqa va ashulani chuqur his etadigan, undan orom olishga odatlangan farang san’at shinavandalari ham uning o‘zbek mumtoz ashulalarini samimiyat bilan kutib oldilar va zavq-shavq bilan tingladilar. Mustaqillik sharofati ila O‘zbekiston dunyoga yuz tutayotgan tarixiy davrda M. Yo‘lchiyeva va unga o‘xshash iste’dodli xonandalarimiz xorijiy mamlakatlarga kontsert safarlariga chiqish imkoniyatiga erishib, o‘z san’atlari bilan dunyo tomoshabinlari olqishiga sazovor bo‘lib, o‘zbek mumtoz musiqasi, ashula san’atining noyob durdonalarini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etib, qadimiy san’atimiz va ma’naviyatimizni ko‘z - ko‘z qilmoqdalar.

1991 yili Amerikada «Osiyo jamiyati» Munojat Yo‘lchiyeva va sozanda Turg‘un Alimatov ijro etgan qo‘shiqlar audio-kassetasini, 1995 yili Frantsiyaning «Okora» firmasi Munojat Yo‘lchiyevaning ashulalari yozilgan kompakt disk plastinkasini chiqargan bo‘lsa, 1998 yilda Olmoniyada «Nitvork» firmasi xonandaning ikkinchi diskini chiqardi. Bularning bari iste’dodli o‘zbek xonandasiga chet el san’at muxlislarining katta hurmat va ehtiromining ramzidir.

Munojat Yo‘lchiyeva mustaqillik davrida orzulariga erishgan san’atkordir. U 1994 yilda «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni, 1998 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/yo%E2%80%98lchiyeva_munojat_
Сайт фойда берди!
85284 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси