Mutal Burhonov

Бастакор
Mutal Burhonov
Таваллуд санаси:
05.05.1916
Вафот санаси:
15.06.2002

O’zbekiston Davlat madhiyasi musiqasini yaratgan taniqli bastakor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi M. Burhonov «O’zbekiston xalq artisti» unvoni, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Davlat mukofotlari sohibidir.

Bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov 1916 yilda Buxoroda tug’ilgan. Musiqadan ilk saboqni Samarqand musiqa va xoreografiya institutida, so’ng Moskvada taniqli musiqa allomalaridan oldi. 

1941 — 1942 yillarda Moskva mudofaasi ko’ngillilari safida bo’ldi, sog’ligi yomonlashganligi sababli Toshkentga qaytdi va ijod bilan shug’ullandi. 1947 yilda yana o’z ishini davom ettirib, 1949 yilda Moskva konservatoriyasini bitirdi.

M. Burhonov ijodiy faoliyatini 30 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, dastlab «Ey, bulbul», «Ishk o’ti» (Mashrab), «Ishqida» (Uyg’un), «Tabassum qilmading» (Navoiy), «Namedonam chi nom dorad» (Hofiz) kabi romanlarni yozdi, 1941 yilda Uyg’un va Izzat Sultonning «Alisher Navoiy» she’riy dramasiga musiqa, 1942 yilda T. Jalilov, T. Sodiqov, M. Vaynberg, A. Klumovlar bilan hamkorlikda «O’zbekiston qilichi» musiqali dramasiga musiqa bastaladi, 1947 yilda shoir Temur Fattoh she’ri asosida O’zbekiston Davlat madhiyasi musiqasini yaratdi. O’rta Osiyo xalqlari qo’shiqlarini o’zbek xalq cholg’u asboblari va jo’rsiz xor uchun qayta ishladi. «Samolyot» (H. Olimjon), «Kapalak» (3. Diyor), «Vatan qo’shig’i», «Ashula bayrami» (G’. G’ulom) kabi mashhur bolalar qo’shiqlarining ham muallifidir.

Bastakor 50 yillarda «Bahor qushlari» vokal poema, «Abu Ali ibn Sino» simfonik syuita, yakkaxonlar, xor va simfonik orkestr uchun asarlar hamda 1968 yilda «Alisher Navoiyga qasida» (A. Oripov) kabi katta shakldagi musiqa asarini yaratdi. Uning yarim asrdan ziyod davr mobaynida turli janrlarda yaratgan qo’shiqlari, lirik romanlari, jo’rsiz xor uchun qayta ishlangan Sharq xalqlari kuylari, jozibali vokal simfonik asarlari, kino musiqalari zamonaviy musiqa san’atimizning «Oltin xazina»sidan o’rin oldi.

«Abu Ali ibn Sino», «Samolyotlar qo’nolmadi», «Maftuningman», «Orol baliqchilari» (I. Ikromov, M. Levievlar bilan hamkorlikda), «Surayyo», «Boy ila xizmatchi», «Istiqbol yo’li» kabi badiiy filmlarning musiqalari ham M. Burhonov qalamiga mansub.

Bastakor hozirgi mustaqillik kunlarida yanada katta g’ayrat bilan qizg’in ijod etdi. «Alisher Navoiy» (1991) operasini, O’zbekiston Davlat madhiyasi musiqasini yaratdi. Abdurahmon Jomiy she’riga bastalangan «Shiru shakar» yangi qo’shig’i va qatag’on yillarida shahid bo’lgan Fayzulla Xo’jaev, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat kabi elning asl farzandlari va o’zining akasi va amakilarining porloq xotiralariga bag’ishlangan «Abadiy xotira» rekviem-marsiyasini yaratdi.

Taniqli bastakor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi M. Burhonovning o’zbek musiqa san’ati ravnaqidagi xizmatlari yuksak taqdirlandi.
Mutal Burxonov ijodi jaxon mumtoz va zamonaviy musika san’ati bilan chambarchas bog’lik edi.

U «O’zbekiston xalq artisti» unvoni, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Davlat mukofotlari sohibidir. O’zbekistok Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.

Tanikli kompozitor, noyob iste’dod soxibi, O’zbekiston Davlat madhiyasi musiqasi muallifi 2002 yil olamdan ko’z yumdi. Lekin ming-minglab san’at ixlosmandlari qalbida mangu yashamoqda.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/burhonov_mutal_muzayyinovich
Сайт фойда берди!
70318 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси