Muyassar Razzoqova

Қўшиқчи
Muyassar Razzoqova
Таваллуд санаси:
29.021964

O'zbek akademik Katta teatrida opera solistkasi sifatida mehnat qilgan. O'zbek va jahon klassikasi operalarida asosiy partiyalarni ijro etgan. M. Razzoqova ana shu murakkab vazifani opera solistkasi emas, balki xushovoz xonanda sifatida ham sharaf bilan bajargan.

Alisher Navoiy "nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat akademik Katta teatrining opera solistkasi Muyassar Razzoqova 1964 yilda Qoraqalpog'istonning Beruniy shahrida tug'ilgan. 1988 yilda M. Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat konservatoriyasining opera sinfida, Rozalinda Laut va Saodat Qobulovalar ustozligida tugatib, shu yili Alisher Navoiy nomidagi O'zbek akademik katta teatrida opera solistkasi sifatida mehnat faoliyatini boshlab, teatrda sahnalashtirilgan o'zbek va jahon klassikasi operalarida asosiy partiyalarni ijro etdi.

S. Yudakovning "Maysaraning ishi"dagi Oyxon, M. Bafoevning "Umar Hayyom" idagi Feruza, M. Ashrafiyning "Dilorom"idagi Dilorom, Glier va T. Sodiqovning "Layli va Majnun" idagi Layli, J. Verdining "Traviatta"sidagi Violetta, "Rigoletta"sidagi Jilda, "Bal maskarad"idagi Oskar, D. Rosinining "Silviya sartarosh"idagi Rozina, Donisettining "Lyuchiya di Lammermur"idagi Lyuchiya kabi partiyalar yosh opera solistikasining qisqa davr ichidagi ijodiy mehnatining mahsulidir.
Toshkent Davlat konservatoriyasida opera san'atidan chuqur nazariy bilim olish, Halima Nosirova, Saodat Qobulova va boshqa yetuk opera san'atkorlari ishlagan, ajoyib obrazlar yaratgan ulkan san'at dargohi bo'lmish opera va balet teatrida mehnat faoliyatinn boshlash, ustozlardan o'rganish, ijodiy izlanish natijasida M. Razzoqova san'atda o'z o'rnini topdi.

Milliy va jahon mumtoz operalarida bosh rollarni ijro etish faqat ixlos va iste'doddan tashqari katta mehnatsevarlik hamda mas'uliyatni talab etadigan murakkab ijodiy jarayondir. Aytish mumkinki, M. Razzoqova ana shu murakkab vazifani opera solistkasi emas, balki xushovoz xonanda sifatida ham sharaf bilan bajardi.
Xonanda dillarga orom beruvchi dilbar qo'shiqlari bilan ham keng jamoatchilikning nazariga tushdi.
Ashula aytishda, avval ustozi Saodat Qobulova yo'lidan borib, "Qashmirida", "Dugonalar", "Oq kabutar", "Sevimli yorim" kabi lirik qo'shiqlarni, keyinchalik o'z ijodiy yo'lini tanlab, "Vatan", "Iftixor", "Men o'zbek qiziman", "Ulkam", "Vatan azizdir", "Gullar valsi", "Bahor nafasi", Vatan madhi", "Sevgi izhori", "Mehring bilan yashaymiz Vatan", "Jahonda O'zbekiston", "Millat bayrog'i", "O'zbek davlati", "Nurli orzular" kabi Mustaqil O'zbekistonni madh etuvchi, ona-Vatanni qadrlash, uni e'zozlash, mustaqillikni mustahkamlash kabi mazmunga ega bo'lgan yetakchi ruhdagi ashulalarni aytib, el o'rtasida qadr topdi.

Jumaniyoz Jabborov, Normurod Nazrullaev, Abdulla Oripov, Omon Matchon, Husniddin Sharipov kabi shoirlar va Mustafo Bafoev, Rustam Abdullaev, Anor Nazarov kabi bastakorlar bilan ijodiy hamkorlikda yaratilgan, mustaqillik davri bilan hamnafas bo'lgan bu lirik qo'shiqlar 90-yillar qo'shiq san'atining eng nodir durdonalari bo'lib qoldi. Xonandaning bu qo'shiqlari Mustaqillik va "Navro'z" bayramlariga bag'ishlangan katta tantanalarda ijro etilib, tomoshabinlarga manzur bo'ldi.
M. Razzoqova Olmoniya, Fransiya, AQSh, Ispaniya, Italiya, Vengriya, Turkiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda ijodiy safarlarda bo'lib, jahon mumtoz operalarisan ariyalarni va o'zbek milliy qo'shiqlarini mohirona kuylab, chet el qo'shiq muxlislarining ham e'tiboriga sazovor bo'ldi. U respublika va Xalqaro tanlovlarda qatnashib, sovrinlarga va mukofotlarga sazovor bo'ldi.

1989 yilda Respublikamiz operachilari tanlovida qatnashib, tanlov g'olibi, 1989 yilda Glinka nomidagi Xalqaro yosh operachilar tanlovida uchinchi, 1990 yilda Vengriyada bo'lgan vokalchilar tanlovida ikkinchi mukofotga sazovor bo'lgan bo'lsa, 1997 yilda Italiyada bo'lib o'tgan kuchli operachilar musobaqasida o'ttizlik guruhiga tushib, laureat bo'ldi.
Iste'dodli opera solistkasi va xushovoz xonanda Muyassar Razzoqova "O'zbekiston Respublikasi xalq artisti" (1998) unvoni sohibidir. U 1999 yilda O'zbekiston Oliy Majlisiga deputat etib saylangan.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/razzoqova_muyassar
Сайт фойда берди!
85098 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси