Muzaffar Muhamedov

Режиссёр
Muzaffar Muhamedov
Таваллуд санаси:
1.01.1902
Вафот санаси:
18.11.1995

O’zbek milliy teatrining tashkilotchilaridan biri, iste’dodli rejissyor Muzaffar Muhamedov 1902 yilda Toshkentda tug’ilib, ijodiy faoliyatini 1918 yilda Toshkentdagi Hamza rahbarligidag’i teatr gruppasida aktyor sifatida boshlab, so’ng 1919—1924 yillarda o’zbek namuna drama gruppasida aktyor bo’lib ishlagan.

M. Muhamedov 1924—1927 yillarda Moskva o’zbek drama studiyasida ta’lim olib qaytgach, 1928—1930 yillarda Andijon teatrida bosh rejissyor, 1930—1939 yillarda O’zbek Davlat musiqali teatri, 1939—1943 va 1950 yildan Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri rejissyori, 1943—1950 yillarda Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrining bosh rejissyori bo’lib qizg’in ijodiy faoliyat ko’rsatib, o’nlab dramatik, musiqali drama va opera asarlarini muvaffaqiyatli sahnalashtirib, o’zbek teatr san’atining rivojiga sahnalashtiruvchi rejissyor sifatida katta hissa qo’shdi. 
U sahnalashtirgan T. Aminovning «Zafar», S. Husaynning «G’alaba», Fitratning «Arslon», Q. Gotstsining «Malikai Turondot» dramalari, Q. Yashin, R.-Glierning «Gulsara», K. Yashin, T. Jalilovning «Layli va Majnun», G’. Zafariyning «Halima», S. Abdulla, T. Jalilov, B. Brovtsinning «Tohir va Zuhra», 3. Fatxullin va D. Zokirovning «G’unchalar», S.Abdulla, T. Jalilov, B. Nadyojdinning «Alpomish» musiqali dramalari, R. Glier, T. Sodiqovning «Gulsara», «Layli va Majnun», S. Vasilenko, M. Ashrafiyning «Ulug’ kanal», R. Hamroevning «Zulmatdan ziyo», S. Boboevning «Hamza» kabi opera asarlarining’ ko’pchiligi o’zbek teatr san’atining oltin xazinasidan o’ziga xos o’rin oldi.

M. Muhamedov dramaturg sifatida ham faoliyat kursatib, K. Yashin bilan ijodiy hamkorlikda, 1932 yilda “Ichkarida” pyesasini, 1948 yilda “Gulsara”, “Dilorom” (1958), S. Abdulla bilan “Maysarani ishi” (1958) opera-librettolarini yaratgan. 
Muzaffar, Muhamedov 1995 yilda Toshkent shahrida vafot etgan.

Muzaffar Muhamedov «Halima», «Tohir va Zuhra», «Alpomish» musiqali dramalarni va «Layli va Majnun», Gulsara», «Ulug’ kanal», «Hamza» operalarini sahnalashtirgan mohir rejissyor, o’zbek teatr san’atining rivojiga katta hissa qo’shgan san’at arbobi sifatida madaniyatimiz tarixida o’chmas iz qoldirdi.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/muhamedov_muzaffar_
Сайт фойда берди!
67556 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси