Nabi G'aniyev

Актёр, Режиссёр
Nabi G'aniyev
Таваллуд санаси:
1904
Вафот санаси:
29.10.1952

Milliy o‘zbek kinosining asoschilaridan biri, kinorejissyor, butun umrini kino san'atiga bag‘ishlagan Nabi G‘aniyev 1904 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1921-24 yillarda Oliy Davlat badiiy texnika ustaxonasining ishchilar fakultetiga o‘qishga kirib, 1924-25 yillar shu ustaxonada o‘qishni davom ettirgan.

O‘sha davrda O‘zbekiston Maorif xalq komissarligi «Uzbekgoskino» trestini tashkil etish haqida qaror chiqargach, «Sharq yulduzi» kinofabrikasi (hozirgi «O‘zbekfilm») qurildi. 1925 yilda kinofabrika ishga tushirilgach, N. G‘aniyev shu kinofabrikada umrining oxirigacha ishladi. Kinofabrikadagi faoliyatini dastlab maslahatchi, rejissyor assistenti yordamchisi sifatida boshladi.

Shu bilan birga bir necha filmlarda: «So‘nggi bek», «Ikkinchi xotin» badiiy filmlarida ikkinchi daarajali rollarni ijro etdi. 1925-30 yillarda o‘zbeklardan yetishib chiqqan bir necha kino xodimlari, aktyorlariga kinostudiyaning direktori sifatida boshchilik qildi.

20-yillarning oxirida N.G‘aniyev bebaho xalq og‘zaki ijodiyoti ma'lumotlarini to‘pladi, uning asosida Namoz o‘g‘ri hayoti haqida film yaratmoqchi bo‘ldi — kambag‘allarni himoya qilish va savdogar, a'yon, to‘ralarni qoralamoqchi edi, Rejissyor bu g‘oya haqida uzoq o‘yladi va “Alpomish” dostonini ekranlashtirish haqida g‘oya berdi. Lekin bu natija ish bermadi, ammo Namoz o‘g‘ri haqidagi yozganlari “Nasriddin sarguzashtlari” filmida foydalanildi, Ulug‘ Vatan urushi tamom bo‘lgach, N.G‘aniyev filmi ekran yuzini ko‘rdi.

Birinchi o‘zbek rijessyoriga bir qancha ijodiy, tenikaviy, tashkiliy tomondan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri keldi. Rol ijro etuvchilarning ishi juda qiyin edi. U mahalda malakali o‘zbek kinoaktyorlari hali yetishib chiqmagandi. Uzoq izlanishlar natijasidan keyin u hududlardan kelgan aktyorlar, qahramonlar hayoti haqida kam tasavvurga ega bo‘lgan, yoki kolxozchilar, zavod va fabrika faollari taklif etilardi. Hattoki ulardan ba'zilari kino haqida tushunchaga ega emasdilar. Eng katta qiyinchilik ayollar roliga taklif etish bo‘lgan. Diniy aqidaparastlik sabab kinematografiya va kinematografchilarga murtadlar qarshi edi. Ayniqsa diniy aqidaparastlikka mukkasidan ketganlar o‘zbek aktrisalarga tashlanishgan – kinokamera oldida va sahnada parajini yechishga to‘g‘ri kelgan. O‘zbek aktrisalaridan biri Nurxon xurofotga beriilgan odam tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldiriladi, bor-yo‘g‘i uning iste'dod qirralari endigina namoyon bo‘layotgandi.

1931 yili N.Klado ssenariysi asosida «Yuksalish» filmini, 1932 yilda esa u o‘z ssenariysi asosida «Ramazon» filmini, 1934 yilda «Yigit» filmini yaratdi. Ikkinchi Jahon urushi yillarida rejissyor qisqa metrajli filmlar ustida ishladi va 1943 yilda Ya.A.Protazanovning «Nasriddin Buxoroda» filmida ikkinchi rejissyor sifatida qatnashdi.

Urushdan keyingi yillar o‘zbek kino san'atining‘ yuksalish davri bo‘ldi. N.G‘aniyevning xalq afsonasi asosida yaratgach «Tohir va Zuhra» filmi respublikamizdagina emas, balki jahonning ko‘pgina mamlakatlarida namoyish qilinib, muvaffaqiyat qozondi.

Bu filmlar rejissyorning katta iste'dod sohibi ekanligidan darak berib turardi.

Shundan so‘ng N.G‘aniyev «Farg‘ona qizi» (1948) badiiy filmini, 1949-52 yillarda ekranga chiqqan «Qoraqalpoqlar diyorida», «Kannash», «O‘zbek raqsi ustalari», «Farg‘ona vodiysi» kabi hujjatli filmlarni yaratdiki, bu filmlarda respublikamiz mehnatkashlarining hayoti, mehnati va san'ati ulug‘lanib, yuksaklikka ko‘tarildi.

Rejissyor N.G‘aniyevning ijodi, o‘zbek kino san'ati rivojiga qo‘shgan hissasi 1944 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

 N.G‘aniyev 1952 yil 29 oktyabrda bu dunyodan erta ketdi, atigi 49 yil umr ko‘rdi, Toshkentda Farobiy ko‘chasiga dafn etildi. 1965 yil Toshkent kino bilim yurtiga N.G‘aniyev nomi berilgan. Rejissyor butun ongli hayotini kino san'atiga bag‘ishlab, o‘zidan keyin o‘lmas kinoasarlar qoldirdi.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/ganiyev_nabi_
Сайт фойда берди!
85283 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси