Ohunjon Madaliyev

Қўшиқчи
Ohunjon Madaliyev
Таваллуд санаси:
1963-yil 21-may
Вафот санаси:
29.06.2000

Ohunjon Madaliyev Nusratovich 1963-yil 21-may sanasida Farg'ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog'ida duradgor usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan. 1980-yilda o'rta maktabni tamomlab, 1981-yilda hujjatlarini Far'ona Davlat Pedagogika institutining musiqa fakultetiga topshirgan. 1985-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yo'llanma bilan Oltiariq tumanidagi 26-sonli o'rta maktabda ashula fani o'qituvchisi bo'lib ishladi.


Keyinchalik Hunar texnika bilim yurtida, bir oz vaqt o'tib, Farg'ona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yurgizgan.
1989-yili Toshkent shahrida "Kamolot 89" ko'rik tanlovida g'olib bo'lib, shu yilning dekabr oyida "Xalqlar do'stligi" saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Keyinchalik xonanda Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmaniston Respublikalarida konsert bergan.


Qo'shiqchilik san'atiga qo'shgan munosib hissasi uchun Ohunjon Madaliyev 1997-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
1999-yil 25-avgustda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazovor bo'lgan.
1983-yilda "Ziyodam" deb nomlangan ilk qo'shiqlar albomini taqdim qildi. Keyinchalik "Seni asrasin", "Kimligini aytmayman", "Sendadir xayolim", "Yulduzim", "Navbahor", "Javohirim", "O'zbeklarim", "Yolg'iz ayol", "Sog'inch", "Yoshligim", "Unutmoq osonmas bizlarni" kabi musiqiy albomlarni muxlislarga havola etgan.
Ohunjon Madaliyev juda sermahsul ijod qildi. Uning deyarli har bir qo'shig'i hali hamon muxslislar yodida. Jumladan hofizning "Turkman qiz", "Unutmoq osonmas bizlarni", "Ketaman", "Nasibam", "Maqsading nima?", "Seni bugun ko'rmasam bo'lmas", "Javohirim", "Yolg'iz ayol" kabi o'nlab qo'shiqlari juda mashhur bo'lgan.
Ohunjon Madaliyevning odamiyligi haqida so'z ketganda uni yaqindan biladiganlar uning kamtar, tavozuli va sahiy bo'lganini aytadi. Hofiz qo'shig'ida aytgani kabi odamiylikni saqlagan edi. Uning yana bir qo'shig'ida quyidagi misralar bor:

Tengdoshlar qatoridan o'rin olib ketmasang,
Bu kurash maydonida mag'rur g'olib ketmasang,
Ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketmasang
Hayotim bor demagin, hayot emas u.

Vodiyning asl o'g'lonlaridan biri bo'lgan Zahriddin Muhammad Boburga o'xshab Ohunjon Madaliyev ham qisqa umr ko`rdi

Манбаа: http://muz.uz/content/xonandalar/ohunjon-madaliyev.html
Сайт фойда берди!
71137 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси