Parda Tursun

Ёзувчи
Parda Tursun
Таваллуд санаси:
1909 yil
Вафот санаси:
1957 yil

XX asrning 50-yillarida ko‘zga ko‘ringan yozuvchilardan biri Parda Tursundir. Parda Tursun ijodida «Domla» (1937) hikoyasi muhim o‘rin tutadi. Parda Tursun M.E.Saltikov-Shchedrin, A.K.Tolstoy, Emil Zolya, Gi de Mopassan asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dargan.

Tarjimai hol

U 1909 yili Namangan viloyati Pop tumanidagi Chorkesar mahallasida dehqon oilasida tug‘ildi. Ota-onadan erta yetim qolgan Parda Tursun sarson-sargardonlikda hayot kechiradi. Ayovsiz yillar shamoli uni 1918 yilda Chorkesar qishlog‘idan Toshkentga yetaklaydi. Kishilar eshigida xizmatkor bo‘lib kun kechiradi. Undagi ilmga tashnalik 1923-1927 yillarda tajriba ko‘rsatkich maktabiga, 1927-1928 yillarda esa pedagogaka bilim yurtiga olib keladi. So‘ngra 30-yillar boshiga qadar u Toshkent viloyatining Pskent tumanidagi maktablarda o‘qituvchilik qiladi.

Parda Tursunning adabiyotga qiziqishi xuddi shu davrdan boshlangan. 1929-1934 yillarda «Qizil O‘zbekiston» gazetasi sahifalarida ilk xabar va ocherklari chop qilingan. 1930-yilda uning «Zo‘rlik» nomli birinchi hikoyasi e’lon qilingan.

1941-1945 yillarda adib ikkinchi jahon urushida qatnashadi. Urushdan keyingi yillarda oliy o‘quv yurtlarida talaba, o‘qituvchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. Parda Tursun ijodida «Domla» (1937) hikoyasi muhim o‘rin tutadi. 1947 yili uning shu hikoya asosida yozgan birinchi yirik asari - «Haq yo‘l» nomli qissasi chop etiladi. Undagi bosh qahramon - Xolmurod Do‘stmatovning hayot yo‘li timsolida adib o‘zbek ziyolisining bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘lini gavdalantiradi. U keyinroq «O‘qituvchining yo‘li» nomi bilan chop etilgan. 1950 yillarda mazkur qissa qayta ishlanib, «O‘qituvchi» nomi bilan roman sifatida nashr qilingan.

1934-1935 yillarga kelib adibning «Ostonada», «Qo‘ldosh va Marusya», «Bir xotinning tarixi» kabi hikoyalari yaratiladi. Parda Tursun 30-yillarda zamondoshlari hayotidan olingan bir qator hikoyalar, o‘nlab ocherklar yaratdi. Uning «Dadajon rais» (1932), «Yangi raislar» (1933), «Majlisda» (1934), «Quvnoq hayot» (1935), «Yaylovda» (1935), «Traktorchi» (1935) kabi ocherklari shular jumlasidandir. Adib hikoyalarida bo‘lganidek, ocherklarida ham o‘zbek ziyolisining bosib o‘tgan yo‘li, kurashi haqida hikoya qiladi.

U 1957 yilda vafot etgan.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/parda_tursun
Сайт фойда берди!
69346 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси