Rashidov Sharaf

Rashidov Sharaf
Ёзувчи
Таваллуд санаси:
1917 Noyabr 6
Вафот санаси:
1983 yil

Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov ijodi 30-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan. U adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan. Sharof Rashidov ijodida maqolanavislik muhim o‘rinni egallaydi. Bu ruh hatto uning butun ijodida yetakchilik qiladi.

Tarjimai hol

Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzax shahrida, dehqon oilasida tavallud topgan.

Narimonov nomidagi o‘rta maktabda dastlabki ma’lumotni olgach, Jizzaxdagi pedagogika texnikumida o‘qigan. 1941 yilda esa Samarqand Davlat universitetini tugatgan. Shundan so‘ng u muallim va muxbir sifatida faoliyatini boshlagan. 1938-1941 yillarda Samarqand viloyati gazetalarida ishlaydi. 1941-1942 yillarda urushda qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944-1947 yillarda Samarqand viloyati miqyosida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatadi.

1947-1949 yillarda sobiq «Qizil O‘zbekiston» (hozirgi O‘zbekiston ovozi») gazetasiga muharrirlik qiladi. 1949-1950 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi, 1950-1959 yillarda O‘zbekiston Oliy Kengashi rayosatining raisi, 1959-1983 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi markazqo‘mining birinchi kotibi bo‘lib ishlaydi.

Sharof Rashidov 1983 yilning kuzida vafot etgan.

Adibning «G‘oliblar» (1953) qissasi qayta ishlanib, 1972 yilda roman shaklida nashr etiladi. So‘ngra «Bo‘rondan kuchli» (1958), «Qudratli to‘lqin» (1964) romanlari yaratiladi. Ularda o‘zbek xalqining urushdan keyingi tiklanish yillaridagi mehnat jasorati badiiy ifodasini topgan. Ijodkorning «Kashmir qo‘shig‘i» (1957), «Komde va Mo‘dan» (1959) kabi lirik qissalari va «Koinot» (1960) kabi kinoqissasi an’anaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zallik, hayot nashidasi madhiga bag‘ishlangan. Adib hayotining so‘nggi yillarida yaratgan «Dil amri» qissasi urush yillarida belorus tuprog‘ida jang qilgan o‘zbek jangchilarining hayoti tasviriga bag‘ishlangan.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/rashidov_sharaf