Rixsi Ibrohimova

Актёр
Rixsi Ibrohimova
Таваллуд санаси:
29.12.1937

Iste'dodli teatr aktrisasi Rixsi Ibrohimova 1937 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. 1959 yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomlik san'ati institutining aktyorlik fakultetini tugatgan.

R.Ibrohimova aktyorlik faoliyatini talabalik davrida 1956 yilda Hamza nomli O’zbek Davlat (hozirgi O’zbek Milliy) akademik drama teatrida boshlagan. 1957 yilda teatrda Toshxo’ja Xo’jayev tomonidan K.Yashinning "Yo’lchi yulduz" dramasi sahnalashtiriladi. Spektakldagi bosh rollardan biri - Gulasal yosh aktrisa R.Ibrohimovaga topshiriladi. Bu asarda R.Ibrohimova boyning xotini go’zal Gulasalning og’ir qismatini yetuk iste'dod va katta kuch bilan gavdalantiradi va nazarga tushadi. Ushbu rol uchun aktrisa 1957 yilda Moskvada bo’lib o’tgan Yoshlar festivalining sovriniga sazovor bo’ladi. Shundan beri u muttasil ijodiy mehnat qilishda davom etib, talay mukammal va puxta obrazlar yaratdi.

U yaratgan Ozoda (I.Sulton, A.Qobulov, "Imon", 1960), Feruza (M.Shayxzoda, A.Ginzburg, "Mirzo Ulug’bek", 1962), Guli (Uyg’un, T.Xo’jayev, "Alisher Navoiy" 1962), Ofeliya (V.Shekspir, I.Ladigin, "Hamlet", 1964), Tie (M.Kaoru, T.Xo’jayev, "O’g’irlangan umr"), Kordeliya (V.Shekspir, H.Ladigin, "Qirol Lir", 1966), Jamila (Hamza, T.Xo’jayev, "Boy ila xizmatchi", 1968), Dilorom (E.Vohidov, T.Xo’jayev, "Oltin devor", 1970), Nazokat (Uyg’un, Sh.Qayumov, "Parvona", 1971), Sayyora (Uyg’un, O.Xo’jayev, B.Yo’ldoshev "Abu Rayhon Beruniy", 1973), Nelli (V.Dalmor, B.Yo’ldoshev, "G’ariblar", 1977), Sanobar (O’.O’marbekov, R.Hamidov, "Shoshma, quyosh",1978), Emiliya (V.Shekspir, Ye.Simonov, "Otello", 1984), Nazmi (S.Ahmad, R.Hamidov, Kuyov", 1985), Oyzoda (Chingiz Aytmatov, R.Hamidov, "Asrga tatigulik kun", 1986), Oysha Sodiqova (O.Jahonova, R.Xamidov, "Hazrati ayol",1987), Oysara Ahadova (Tufon Minulin, "Alla", 1991), Gavharshodbegim (M.Shayxzoda, T.Azizov "Mirzo Ulug’bek", 1990) kabi obrazlar faqat aktrisa ijodidagina emas, balki 50-60 yillarda Hamza teatrida kamolga yetgan iste'dodli san'atkorlar qiyofasini belgilashda ham muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Taniqli san'atkor Sora Eshonto’rayevaning Hamza teatri sahnasida yaratgan obrazlarini R.Ibrohimova 60-80 yillarda o’ziga xos uslub, yo’nalish va talqinda sahnada qaytadan gavdalantira oldi va o’z ustoziga munosib shogird bo’lib qoldi. Guli, Ofeliya, Jamila va boshqa elga mashhur obrazlarni tilga olganimizda ko’z oldimizda faqat S.Eshonto’rayevagina emas, balki uning shogirdi R.Ibrohimova ham namoyon bo’ladi. R.Ibrohimovaning teatr san'atida tutgan o’rni ham shular bilan belgilanadi, qadrlanadi. Rixsi Ibrohimova ma'naviy madaniyati yetuk, dramatik obrazlarni qiyomiga yetkazib, katta joziba bilan o’ynaydigan, qamrovi katta dramatik aktrisa. Axir, Guli, Feruza, Jamila, Ofeliya, Emiliya, Kordeliya kabi har tomonlama murakkab fojiali obrazlarni to’laqonli ravishda me'yoriga yetkazib ijro etish har qanday aktrisaga ham nasib etavermaydi. Bu sharaf va baxt R.Ibrohimovaga nasib etdi.

Aktrisa Mustaqillik yillarida Mehri aya (O.Yoqubov, "Bir koshona sirlari", Bibi Salima ( E.Xushvaqtov, "Mashrab"), Huri aya (H.Rasul, "Boshi qotgan oshiqlar") kabi obrazlarni yaratdi. Rixsi Ibrohimova ijodi sermazmun va ko’p qirralidir. U 1940 yildan beri O’zbekiston radiosida faol qatnashib, bir necha eshittirishlarni olib bormoqda. Aktrisa 1950 - 1975 yillarda O’zbekiston xalq artisti Surat Po’latov bilan "Yoshlik", "Tabassum" radiojurnallarini olib bordi, o’zi mustaqil ravishda "Dugonalar" radioeshittirishida boshlovchilik qildi. "Tilla uzuk", "Ona qalbi", "Gulshan", "Soldat bevasi", "Na'matak", "Kalashnikov haqida qissa", "Orzu chashmasi", "Begona", "Kampirlar sim qoqdi", "Uni Farhod der edilar" kabi radiopostanovkalarda bosh rollarni ijro etdi. R.Ibrohimova televideniyeda uzoq yillar "Otalar so’zi - aqlning ko’zi" ko’rsatuvida ham qatnashdi. "Qizlar", "Jafo qilma", "Qahvaxona guli", (S.Ahmad) Girdob (O’.O’smonov), "Navoiy", "Diyonat", "Jaloliddin Manguberdi", "O’zganing onasi", "Kecha va kunduz", "Bobur", "Dunyoning ishlari", "Vafodor", "Farg’ona tong otguncha", "Hur qidirib" kabi televizion spektakllarda asosiy rollarni o’ynadi. Rixsi Ibrohimova kino san'atida ham samarali mehnat qildi. Yetti yuzdan ortiq badiiy filmlarning dublyajida faol qatnashdi, qator badiiy filmlarda suratga tushdi. Oyxon (H.Axmar, "Integral", 1967), Shum bolaning onasi (D.Salimov, "Shum bola", 1968), Bo’ston (M.Abzalov, "Kelinlar qo’zg’oloni", 1985), Qaynona (E.Eshmuhamedov, "Falajlik", 1989), sudya (F.Haydarov, "Chantra Mori",1990), Rixsixon aya (M.Muhimov, "Seni izlab", 1990), Ona (F.Musajonov, MAbzalov, "Seni kutaman", 1990), Xosiyat (Yu.Roziqov, "Yonayotgan farishta", 1991), Kampir (S.Ergashev, "Yuzsiz", 1992), Otin oyi (F.Haydarov, "Gunoh", 1993), Kampir (A.Qosimov, "Nozigim", 1992, telefilm) kabi obrazlar aktrisaning kinodagi ulkan mehnati samarasidir.

R.Ibrohimova faqat aktyorlik faoliyati bilan mashg’ul bo’lmasdan, hozirgi zamon teatr san'atining muhim va dolzarb amaliy muammolari haqidagi maqolalari bilan vaqtli matbuotda qatnashib turadi. U radio, televideniyeda tashkil qilinadigan ijodiy muloqotlarda o’z fikr-mulohazalari bilan chiqadi. Televideniye orqali beriladigan "O’zbekiston san'ati ustalari" eshittirishida ham faol ishtirok etadi. Bir so’z bilan aytganda, ijodiy jarayondan u hech vaqt chetda turmagan. Rixsi Ibrohimova yaxshi jamoatchi. U Teatr ijodkorlari uyushmasi va uning badiiy kengashi a'zosi, shahar xotin-qizlar kengashining byuro a'zosidir. Rixsi Ibrohimovaga 1979 yilda "O’zbekiston xalq artisti" faxriy unvoni berildi. U 1997 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi. 

Манбаа: http://kitob.uz/view_data.php?id=2206
Сайт фойда берди!
85119 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси