Rustam Abdullaev bastakor va pedagog.U o’z ijodida kamervokal, kamer-instrumental janrlariga, qo’shiqlarga, romanslarga, bolalar qo’shiqlariga tez-tez murojaat qiladi. Ko’pgina festival va musiqa tanlovlarining faol ishtirokchisidir. U «O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi» unvoni, Respublika Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Bastakor va pedagog Rustam Abdullaev 1947 yilda Xiva shahrida tug’ilgan. Dastlab pedagog R. Vildanov rahbarligida Hamza nomidagi o’rta maxsus bilim yurtining kompozitsiya va musiqa nazariyasi bo’limida, 1967—1972 yillarda Toshkent Davlat konservatoriyasining kompozitsiya fakultetida professor V. F. Gienkoda ta’lim olib, keyinchalik M. Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat konservatoriyasini B. I. Zeydman rahbarligida aspiranturani tugatdi.
Ijodi sermazmun va ko’pqirrali. «Shodimulk», «Sadoqat» va «Xivaning ordeni» kabi uchta operasi A. Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta opera va balet teatrida, Samarqand opera va balet teatrida sahnalashtirilgan.
1984—1985 yillarda A. Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta opera va balet teatrida bastakorning dramaturg O’lmas Umarbekov asariga yozilgan balet-oratoriyasi sahnalashtirildi
So’ngra 3 ta simfonik poema, o’zbek va yapon shoirlari she’rlariga ovoz va fortepiano uchun tsiklini yozdi. R. Abdullaev yaxshi pianist bo’lganligi sababli fortepiano musiqasini juda yaxshi tushunadi va his etadi. U prelyudiya va fuga, fortepiano uchun 9 ta variatsiya, 5 ta fortepiano uchun kontsert (1972), «Navro’z taronalari» (1998), «Tay ohanglari» (1991) asarlarini yaratdi.
Bastakor o’z ijodida kamervokal, kamer-instrumental janrlariga, qo’shiqlarga, romanslarga, bolalar qo’shiqlariga tez-tez murojaat qiladi. Ko’pgina festival va musiqa tanlovlarining faol ishtirokchisidir. U dastavval 1971 yilda Sankt-Peterburgda bo’lib o’tgan Yosh bastakorlarning birinchi festivalida qatnashgan bo’lsa, 1972 yilda Qozog’istonda bo’lgan O’zbekiston Dekadasida birinchi fortepiano uchun kontserti ijro etildi.
Gruziyada bo’lib o’tgan O’zbekiston musiqa festivalida (1972), Sankt-Peterburgdagi yosh bastakorlarning II festivalida (1976), Moskvadagi «Yosh bastakorlarning tanlovi»da, O’zbekiston musiqasi haftaligida (1977), polyak va yaqin xorij mamlakatlari bastakorlarining uchrashuvida (1985) ham faol ishtirok etdi. Shuningdek, uning Turkmanistonda, «Stavropol kuzi» festivalida (1985) mualliflik kontsertlari berildi. Ukrainada bo’lgan O’zbekiston dekadasida (1991), yaqin xorij mamlakatlari bastakorlarining musiqa festivalida (1991), Moskva konservatoriyasining katta zalida fortepiano uchun yozilgan kontserti ijro etildi.
U «Shved kuzi» festivalida (1991) ham ishtirok etdi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida san’at ahli uchun jahon eshiklari keng ochilgan bir paytda Rustam Abdullaev ijodi keng qanot yozdi. Bastakornnng tailandliklar buyurtmasi asosida yozilgan «Bolalar albomi» va fortepiaio uchun kontserti — «Tay ohanglari» bir necha marta ijro etildi. O’zbekiston
Teleradiokompaniyasining «Bulbulcha» bolalar xori R. Abdullaevning bir nechta qo’shiqlarini Turkiya shaharlarida katta muvaffaqiyat bilan ijro etdi. U Janubiy Koreya buyurtmasi asosida 1992 yilda torli cholg’u kvarteti uchun pesa, fortepiano va kamer orkestri uchun kontsertlarini yozib tugatdi.
Bastakor ko’p yillardan beri ijodiy ishni ta’lim-tarbiya va jamoat ishi bilan qo’shib olib borayapti.
M. Ashrafiy nomidagi Toshkeit Davlat konservatoriyasida pedagog sifatida ishlab, yosh bastakor va sozandalarni tarbiyalashda o’z hissasini qo’shib kelmoqda. 1985 yilda O’zbekiston Bastakorlar uyushmasi kotibi, 1995 yil 8 sentyabrdan esa O’zbekiston Bastakorlar uyushmasining raisi lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda. R. Abdullaeviing asarlari faqat ona yurtimizdagina emas, balki uzoq va yaqin xorij mamlakatlarida ham muvaffaqiyatli ravishda ijro etilgan. 1993 yilda
Tailandning Bangkok shahrida bo’lib o’tgan jahon premerasida 3 fortepiano kontserti bilan qatnashgan bo’lsa, 1994 yilda Janubiy Koreyaning buyurtmasi asosida fortepiano va kamer orkestri uchun yozilgan 4-kontsertining butun jahon premerasi, 1995 yil 25 sentyabrdan 2 oktyabrgacha Bangkok shahrida bo’lib o’tgan kontsertlarda fortepiano uchun yozilgan 5-kontsertining premerasi bo’lib o’tdi. 1995 yilda yana Bangkok shahrida muallif tomonidan fortepiano va orkestr uchun 1-kontserti ijro etildi.
Iste’dodli bastakor va pedagog R. Abdullaevning o’zbek musiqa san’ati ravnaqidagi xizmatlari 1997 yilda «O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi» unvoni, Respublika Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.
Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.
TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.
DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.
Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.
С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.
O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.
Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.