Sadriddin Ayniy

Шоир, Ёзувчи
Sadriddin Ayniy
Таваллуд санаси:
1878
Вафот санаси:
1954 Iyul 15

XX asr o‘zbek va tojik adabiyotlariga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib, olim va jamoat arbobi Sadriddin Ayniy mohir olim, tarixchi va adabiyotshunos sifatida o‘zbek va tojik adabiyoti tarixi yuzasidan katta ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. Adib O‘zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi hamda Tojikiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi qilib saylangan.

Tarjimai hol

Vatan oldidagi unutilmas xizmatlari inobatga olinib, unga 2001 yilda unga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berilgan.

XX asr o‘zbek va tojik adabiyotlariga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib, olim va jamoat arbobi Sadriddin Ayniy 1878 yilning 15 aprelida Buxoro amirligiga qarashli G‘ijduvon tumanining Soktare qishlog‘ida dunyoga kelgan.

Olti yoshidan maktabga qatnay boshlagan Sadriddin 1890 yilda Buxoroga kelib, Mir Arab, Badalbek, Olimxon madrasalarida ta’lim olgan. Madrasani tugatgach, yangi usul maktablarida muallimlik qilgan.

1917 yil Fevral inqilobidan keyin O‘rta Osiyoning turli shaharlarida istiqlol uchun kurash harakatlari boshlanib ketdi. Sadriddin Ayniy amirlikka qarshi harakatlarda qatnashgani uchun zindonga tashlandi.

S. Ayniy mohir olim, tarixchi va adabiyotshunos sifatida o‘zbek va tojik adabiyoti tarixi yuzasidan katta ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Uning O‘rta osiyolik buyuk shoir va olimlar - Rudakiy, Sa’diy, ibn Sino, Vasfiy, Bedil, Alisher Navoiy, Ahmad Donish kabi siymolar haqida yozgan ilmiy asarlari nihoyatda qimmatli. Ana shunday salmoqli tadqiqotlari uchun unga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan.

Adib O‘zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi hamda Tojikiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi qilib saylangan. Bir necha yillar davomida Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat dorilfununining professori va Tojikiston Fanlar akademiyasi tashkil topgan kundan boshlaboq uning prezidenti sifatida xizmat qilgan.

Sadriddin Ayniy 1954 yilning 15 iyulida Dushanbe shahrida vafot etgan. Ne baxtki, adib vafotidan keyin yarim asr o‘tgan bo‘lsa ham, Vatan oldidagi unutilmas xizmatlari inobatga olinib, 2001 yilda unga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi.

Sadriddin Ayniy XX asrning buyuk va takrorlanmas yozuvchisidir. Uning hayot va ijod yo‘li XIX asrning oxirgi choragi va XX asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy va adabiy jarayonlarning g‘oyatda murakkab va dolg‘ali o‘zanlarida kechdi. Yigirma yilga yaqin madrasa ta’limini olgan, amirlik tuzumining hamda keyingi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni ich-ichidan bilgan.

Ba’zan qatag‘onliklar va kamsitishlarga uchragan bu ulkan adib o‘z asarlarida xalq hayotini butun murakkabliklari bilan badiiy tasvirlash orqali tarix va davrni o‘ziga xos birlashtirib, XX asrning avvalida shakllana boshlagan yangi adabiyotning asoschilaridan biri, yirik adabiy siymo sifatida bo‘y ko‘rsata oldi.

Sadriddin Ayniy hayotligidayoq G‘arb va Sharq mamlakatlarida tanilgan hamda chexiyalik doktor Irji Bechka, olmoniyalik doktor Manfred Lorents, eronlik professor Sayid Nafisiy, afg‘onistonlik adib Sarvari Go‘yo, rossiyalik professor Aleksandr Boldirevlar ham, mashhur darg‘alarimiz G‘afur G‘ulom, Oybek, Komil Yashin, Mirzo Tursunzoda va Zulfiyaxonimlar ham ustod Ayniy deb ardoqlagan va e’tirof etgan ulug‘ siymo edi.

Vafotidan keyin (1954) bu siymoning e’tibori, qoldirgan ilmiy-adabiy merosining qadr-qiymati yanada ko‘rkamroq va salmoqliroq tarzda qadrlana boshladi.

1962 yili Osiyo va Afrika yozuvchilarining Qohirada o‘tkazilgan anjumanida ustod Ayniy hindistonlik Robindranat Tagor, xitoylik Lu Sin, qohiralik Toho Husayn qatorida Sharqning mumtoz adibi deb e’lon qilindi.

1978 yilda esa ustod Ayniy tavalludining 100 yilligi YuNESKO qarori bilan keng nishonlandi. Mustaqillik davrida Vatanimizning ulkan mukofoti - “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

XX asr adabiyoti va ilmining ardoqli siymolaridan biri bo‘lgan ustod Ayniyning olijanob shaxsiy fazilati, boy ilmiy-adabiy merosi mumtoz adabiyot va madaniyat tarixini sinchiklab xolisona o‘rganishda, XXI asr kishilarini, kelajagi porloq O‘zbekistonning barkamol yoshlarini vatanparvarlik, xalqsevarlik va fidoyilik, halollik pok e’tiqodlilik ruhida tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shadigan umrboqiy ma’naviy-ilmiy boyligimizdir.

Ayniyning jami ilmi donishi, butun borlig‘i Buxorodan kelib chiqadi. Uning ijod ravnaqi, gulshani ham Buxorodan. Buxoro unga ilmu adab o‘rgatdi.

Sadriddin Ayni 1954 yil 15 iyul kuni Stalinobodda vafot etgan.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/sadriddin_ayniy
Сайт фойда берди!
85233 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси