Sanjar Shodiyev

Актёр, Режиссёр
Sanjar Shodiyev
Таваллуд санаси:
1977-yil 24-yanvar

Iste'dodli komik aktyor va rejissyor Sanjar Shodiyev 1977-yil 24-yanvar kuni Navoiy viloyatining Qizil tepa tumanida, san'atkorlar oilasida, ya'ni xofiz Sulton Shodiyevlar oilasida tavallud topdi. U tumandagi M.Gorkiy nomli 1-o'rta maktabga boradi. Hamma san'atkorlarda maktab davrida san'atga qiziqish bo'ladi. Sanjarda ham shu istak bo'lgan, faqatgina uning onasi Xosiyat aya bunga qattiq qarshilik qilgan. Lekin maktab vaqtidagi paxta yig'im terim paytida u sinfdoshlariga xazil tariqasida, ularni kuldirib, "mendan dastxat ovoling, hali erta taniqli bo'lib ketsam, sizlarga dastxat qo'yishga vaqtim bo'lmasligi mumkin" deb hazil ham qilib qo'yardi. Lekin farishta omin degan ekan, Sanjar Shodiyev maktabdan so'ng xarbiy xizmatni o'tab, so'ng Toshkent Davlat San'at institutining Drama va kino rejissyorligi fakultetiga o'qishga kiradi. Talabalik vaqtidayoq o'z iste'dodini namoyon etib, 170 dan ortiq spektakllarda rol ijro etgan. Xattoki ustozlari "sen o'zi rejissyormisan yoki aktyor" deb ham savol berishgan. Chunki Sanjar oliygohga kirib mukammal rejissyor kasbini egallayman degan ekan. Sanjarning ilk filmi bu Burxon Sharopovning "Jonim seni yoxud egizaklar" filmidagi Borya obrazi edi. Ilk rejissyorlik ishi sifatida esa 2007-yilda suratga olgan "Ortiqcha omad" filmidir. So'ng ketma-ket 2009-yil "Yetti haykal bitta kal", 2011-yilda suratga olgan "Qalb ko'zi" va 2012-yil "Jigarbandim" filmlarini muxlislar e'tiboriga havola etdi. Rejissyor va aktyorlikdan bo'sh vaqtlarida Sanjar qo'shiq ham kuylab turadi. Uning repertuarida 10 ga yaqin taronalari mavjud. Sanjar Shodiyev 7 raqami unga omad olib kelishini ko'p bora takidlaydi.
1. Sanjar 1977-yilda tavallud topgan.
2. Oilada ular 7 kishi, ota-ona va 5 farzand.
3. 1997-yilda o'qishga kirib, 2 yil kontrakt asosida o'qib, institutni tashlab ketadi. So'ng 2000-yil byudjet asosida qayta o'qishga kirgan. Hammasi bo'lib 7 yil mobaynida taxsil olgan.
4. Kursida talabalar 7 nafar bo'lgan. 5 ta byudjet va 2 kontrakt.
5. Talabalik vaqtida Yu. Rajabiy nomidagi 77-sonli yotoqxonaning 70-xonasida yashagan.
6. 2007-yil Sanjar oila quradi.
7. Turmush o'rtog'i uzidan 7 yosh kichkina.
8. 17-iyunda esa farzandi Laylo tavallud topgan kun.
Va oxiri omad keltiruvchi 7 soniga ixlos qilib "Yetti xaykal bitta kal" filmini suratga oldi.

Манбаа: http://muz.uz/content/aktyorlar/sanjar-shodiyev.html
Сайт фойда берди!
67604 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси