Sevara Nazarxon

Актёр, Қўшиқчи
Sevara Nazarxon
Таваллуд санаси:
1976 yil 23 dekabr

Taxallusi: Sevara

Tavallud topgan sanasi va joyi: 1976 yil 23 dekabrda Andijon viloyati Asaka shahri O'zbekiston Respublikasi

Yo'nalishi:  folc-rock, pop, estrada.

Musiqiy asboblari:  Pianino, dutor, tanbur, elektro gitara

Yorliq:  O`zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist (2002), "Nihol" davlat mukofoti sovrindori (2000)

Veb-sahifasi: www.sevara.uzrealworldrecords.com

Sevara Nazarxon oʻzbek qoʻshiqchisi, aktrisa, musiqachi va qoʻshiqlar muallifi. Andijon viloyati Asaka shahrida dunyoga kelgan.

Shou-biznesdagi ilk faoliyatini taniqli produser va musiqachi Mansur Toshmatov boshchiligidagi Sideris guruhida boshlagan. Toʻrt qizdan iborat guruh tezda tanilgan, ammo u yakkaxon qoʻshiqchi sifatida koʻproq muvaffaqiyat qozondi.

Oʻzbek estradasida Sevara Nazarxon nomi 1999 yilda kirib keldi. Muhammad Yusuf sheʼriga bastalangan "Yur muhabbat" qoʻshigʻi unga omad olib keldi. 2000 yildagi ilk "Ko'rgim kelar" albomidan joy olgan qoʻshiqlari hamon katta ahamiyatga ega. 2001 yil boshidagi "Tushim" va "Unutgin" qoʻshiqlariga ishlangan kliplari oʻzining zamonaviyligi bilan barchaning diqqatini tortdi. Setora guruhi bilan kuylangan "Dugona", Abdulaziz Karim bilan kuylangan "Yagonam oʻzing" qoʻshiqlari haqiqiy mashxurlik keltirdi. 2000 yil sentabr oyida birinchi marta "Nihol" Davlat mukofotiga Tohir Sodiqov, Dilfuza Rahimova, Setora guruhi qatorida sazovor boʻlib, tantanali marosimda "Millatlar" qoʻshigʻini ijro etdi. 2001 yil 31 avgust kuni Mustaqillik maydonida boʻlib oʻtgan Istiqlolning 10 yillik tantanalarida Muhammad Yusuf qalamiga mansub "Ulug'imsan Vatanim" qoʻshigʻini ijto etib, haqiqiy isteʼdodini namoyon etdi.

2002 yilda ijro etilgan "Vatan bu" kompozisiyasi ham olqishlarga sazovor boʻldi. Sevara Nazarxon 2000 yildan boshlab Lindondagi Universal Music studiyasi hamda dunyoga mashxur xonanda va produser Piter Gabriel bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2003 yildan boshlab xalq qoʻshiqlarini pop-folks yoʻnalishida ijro eta boshladi. Uning ijrosini toʻlaqonli maqom ijrosiga qiyoslash sanʼatshunoslik nuqtai nazaridan notoʻgʻridir. Sevara ijrosidagi maqom va xalq qoʻshiqlari kuylash anʼanalari va stilistikasidan chekingan holda, koʻproq eʼtibor ovozning musiqaga joʻrligiga erishish barobarida uslub buzilishiga duchor boʻlgan. Biroq uning oʻzbek xalq qoʻshiqlarining dunyo miqyosida yangrashiga qoʻshayotgan hissasi uning kuylash mahoratidagi kamchiliklarini berkita oladi. Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova oʻz intervyularidan birida, Sevara Nazarxon xalq qoʻshiqlarini dunyoga oʻz mualliflik qoʻshigʻi sifatida taqdim etayotganligini tanqid qilib oʻtgan.

Pop yoʻnalishida ijod qiluvchi Sevara Nazarxon oʻz qoʻshiqlarida Markaziy Osiyo qoʻshiqchiligida keng tarqalgan milliy cholg'u asboblari dutor va tanbur dan keng foydalanadi. Soʻnggi yillarda xorijiy musiqa yozish studiyalarida yaratilgan qoʻshiqlarda xalq ogʻzaki ijodi namunalarining zamonaviy yoʻnalishda yangicha talqin etilishi Sevara Nazarxonga oʻziga xos imidj yaratdi. 2003 yilda fransiyalik prodyuser Hector Zazou hamkorligida yaratilgan Yol Boʻlsin albomi tanqidchilar tomonidan xush kutib olindi. Ushbu albomdag baʼzi qoʻshiqlar 2005 yilda Afro Celt Sound System albomiga kiritilgan

Sevara Nazarxon 2004 yili BBC Radio 3 tomonidan taqdim etiladigan Osiyolik Eng Yaxshi Qoʻshiqchi Unvoniga sazovor boʻlgan. 2000 yilda suratga olingan "Tohir va Zuhra" yangi talqin filmida rol ijro etib, Abdulaziz Karim bilan "Yagonam o'zing" duetini ijro etgan. Sevaraning Rossiya Fedratsiyasining vokal ijrochiligi boʻyicha eng asosiy "Golos" yaʼni "Ovoz" loyihasidagi ishtroki hamma oʻzbeklar uchun kutilmagan hol boʻldi. Shundan keyin u "Вышка", "Точь в точь", "Танцы со звездами" kabi loyihalarda ham qator yutuqlarga erishdi. Hozirda u oʻz oilasi bilan Angliyaning London shahrida istiqomat qilsada, London - Moskva - Toshkent yoʻnalishida muntazam qatnab turadi. Bahor va kuzda asosan Toshkentda istiqomat qiladi. Deniz ismli oʻgʻli bor. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.08.2002 yildagi Farmoni bilan Sevara Nazarxonga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni berilgan.

 

Манбаа: https://uz.wikipedia.org/wiki/Sevara_Nazarxon
Сайт фойда берди!
85230 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси