Ma'rifatparvarlik g‘oyalarining tolmas targ‘ibotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan shoir, nosir, publitsist, adabiy munaqqid Shokir Sulaymon XX asrning 20-30 yillarida O‘zbekistondagi ijtimoiy, adabiy va madaniy harakatda faol qatnashgan siymolardan biridir.
Tarjimai hol
Shokir Sulaymon 1900 yilda Navro‘zi olam arafasida Qo‘qonda tavallud topdi. XIX asrda qator mashhur shoirlarni yetkazib bergan Qo‘qon adabiy muhiti o‘zining adabiy-ma'naviy nufuzini hali ham yo‘qotmagan edi. Bu hol Shokir Sulaymon adabiy va ijtimoiy faoliyatining shakllanishiga ta'sir o‘tkazmay qolmadi.
U shu yerda 1916 yilgacha yangi usuldagi maktabda ta'lim oldi. So‘ngra Orenburgga borib, mashhur Madrasai Husayniyada o‘qishni davom ettirdi. Bu uning arab, fors, turk, tatar, rus tillarini o‘rganishi hamda shu tillarda chop etilgan gazeta va jurnallarni o‘qishiga imkon yaratdi.
Shokir Sulaymon Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng O‘zbekistonga qaytgach, mahalliy matbuot sahifalarida ma'rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish yo‘lidan bordi.
1922-1926 yillarda avval Moskvadagi ishchilar fakultetida, so‘ng Krupskaya nomidagi pedagogika institutida o‘qidi.
Uning A.Sa'diy, O.Ibrohimov, Hodi Toqtosh, Hasan To‘fon, S.Ayniy, A.Lohutiy kabi qardosh xalqlar adabiyoti namoyandalari haqidagi chiqishlari qon-qardoshlikni mustahkamlash va adabiy-madaniy aloqalarni chuqurlashtirish ishiga xizmat qildi.
Ijodiy va ijtimoiy-ma'rifiy faoliyati qizg‘in tus olgan urush yillarida qatag‘on davri nafasi Shokir Sulaymonga ham yetib keldi.
U 1941 yilning 25 avgustida qamoqqa olinib, 1942 yilning 8 avgustida 42 yoshida juvonmarg etildi.
Shunday qilib, Shokir Sulaymon 20-yillarning o‘rtalaridayoq publitsist, hikoyanavis, shoir va tarjimon, adabiyotshunos va munaqqid, shuningdek, darslik va ko‘plab qo‘lyozmalar muallifi sifatida maydonga chiqa boshladi.
U 60-yillarga kelibgina oqlandi va 1964 yilda uning «O‘ch» nomli hikoyalar to‘plami nashr etildi.
Faoliyati
Agar u o‘nlab maqola va ocherklar yaratib, ularda o‘z xalqini ma'rifatga va madaniyatga chorlagan bo‘lsa, «Qotil», «Hukm», «Farmoza otasi», «Lolazordagi shumg‘iya», «Parazitlar», «Yamo bilan Xamo» kabi bir qator hikoyalarida yangilik bilan eskilik o‘rtasidagi kurashni ko‘rsatishga harakat qildi.
Shokir Sulaymon shoir sifatida o‘z davrida anchagina shuhrat topgan edi. Uning «Erk kuylari» (1926), «G‘alaba marshi» (1928), «Davr hayqirig‘i» (1932) kabi she'riy to‘plamlari va dostonlarida «yangi hayot» quvonchi va tashvishlari baralla kuylandi.
Shokir Sulaymonning hayotida pedagogik faoliyat muhim o‘rin tutadi. U o‘rta va oliy o‘quv yurtlari uchun bir qator darslik va qo‘llanmalar yaratib, ularda, xususan, So‘fizoda, Hamza, Mirmuhsin, Fitrat, CHo‘lpon ijodiga oid qimmatli ma'lumotlarni berdi.
Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.
Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.
TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.
TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.
DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.
DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.
Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.
O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.
Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.
O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.
С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.
O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.
Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.