Sulton Jo‘ra

Шоир, Ёзувчи
Sulton Jo‘ra
Таваллуд санаси:
1910 yil
Вафот санаси:
1943 Noyabr 10

Iste’dodli shoir, qator liroepik dostonlar, ertaklar muallifi sifatida ham kitobxonga tanish bo‘lgan Sulton Jo‘ra adabiyotimizga 30-yillarda Amin Umariy, Usmon Nosir, Oydin, Zulfiya, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy kabi adiblar bilan birga kirib kelgan. Sulton Jo‘ra 1943 yilning 10 noyabrida Ikkinchi jahon urushi frontlarida qahramonlarcha halok bo‘lgan.

Iste’dodli shoir Sulton Jo‘ra adabiyotimizga 30-yillarda Amin Umariy, Usmon Nosir, Oydin, Zulfiya, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy kabi adiblar bilan birga kirib kelgan. U bor-yo‘g‘i o‘ttiz uch yil umr ko‘rdi, shundan o‘n uch yilini adabiyotga, she’riyatga baxshida etdi.

Sulton Jo‘ra 1910 yilda Buxoroning Shofirkon tumanidagi Qog‘oltom qishlog‘ida, dehqon oilasida dunyoga keldi. Uch-to‘rt yoshligidayoq ota-onasidan judo bo‘lib, qarindosh-urug‘lari tarbiyasida bo‘ldi. So‘ngra boshlang‘ich ta’limni olgach, Buxoro Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1930 yilda tugatadi.

Sulton Jo‘ra 1943 yilning 10 noyabrida Ikkinchi jahon urushi frontlarida qahramonlarcha halok bo‘lgan.

She’rlar va to‘plamlarning nomidan ko‘rinib turganidek, ularda shoir zamondoshlari dardi, quvonchi, shodligidan hikoya qiladi.

Sulton Jo‘ra qator liroepik dostonlar, ertaklar muallifi sifatida ham kitobxonga tanish.

Faoliyati

Maktablarda, bilim yurtlarida, shuningdek, Andijon Davlat pedagogika institutida adabiyotdan dars beradi. Ijodi ham shu yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi she’ri 1927 yilda «Mehnat qo‘ynida» nomi bilan «Yangi yo‘l» jurnalida chop etiladi. So‘ngra uning «She’rlar» (1933), «Fidokor» (1939), «Moskva» (1941) kabi to‘plamlari, «Kulgi» (1936), «Shodligim» (1939), «Ochiq chehralar» (1939) kabi turkum she’rlari paydo bo‘ladi.

Uning «Qaldirg‘och», «Jannat» kabi ertak-dostonlarida yosh kitobxonning romantik olami ifodalanadi. Shoir «Zangori gilam» she’riy ertagida folklor motivlaridan keng foydalanish orqali yoshlarning ichki olamini, sir-asrorini ochib beradi. «Karim va Kunduz» dostonida bo‘lsa mehnat va uning gashti, rohati haqida so‘zlaydi.

Shoirning «Bruno» dostoni uning ijodida muhim bosqichdir. Unda Jordano Brunoning o‘lmas obrazi gavdalantirilgan.

Sulton Jo‘ra bolalar uchun bir talay asarlar yaratgan.

«Haralar paradi», «Tinish belgilarining majlisi», «Yolg‘onchi», «Cho‘ntak», «Oy nechta», «Sog‘inchli salom» kabi asarlari bolalar adabiyotining eng yaxshi namunalaridandir.

Urush yillarida Sulton Jo‘ra ijodi yangi bosqichga ko‘tarildi. U o‘zining «Pulemyotchi ovozi», «To‘pchi Muhammad», «Nayzamiz» va «Chavandoz» kabi qator she’rlarida vatanparvarlik g‘oyalarini baralla kuyladi.

Shoir bu yillarda «Iroda» dramasini ham yaratdi. Uning urush mavzuida yaratilgan asarlari orasida «Sog‘inchli salom» she’ri alohida ahamiyatga molik. Unda ota-ona, yor va birodar, yigit va qiz, qavm-qarindosh firoqiga sabab bo‘lgan urushga la’natlar yog‘diradi.

Shoir:

Sog‘indim, chirog‘im, nachora, biroq,

Har bir ayriliqning ko‘rishmog‘i bor, -

deya g‘alabadan keyingi visolga ishonch bildiradi.

Сайт фойда берди!
85096 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси