Usmon Nosir

Usmon Nosir
Шоир, Ёзувчи
Таваллуд санаси:
1913 yil
Вафот санаси:
1944 Mart 9

Jo‘shqin iste’dod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini hayajonga soladi. Usmon Nosir she’riyati, avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va isyonkorligi, ayni chog‘da, sodda va ravonligi bilan kitobxon qalbidan chuqur o‘rin olgan. Uning nomidagi mahalla, ko‘cha, maktab, madaniy-ma’rifiy o‘choqlar shundan dalolatdir.

Tarjimai hol

30-yillarda ko‘zga ko‘ringan va el og‘ziga tushgan iste’dodli shoir Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi.

Yoshligi Qo‘qondagi bolalar uyida o‘tgan Usmon o‘rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasining til va adabiyot fakultetida Amin Umariy, Adham Hamdamlar bilan birgalikda tahsil oldi.

Jo‘shqin iste’dod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini hayajonga soladi. Usmon Nosir qatag‘on davrining qurbonlaridan biri sifatida yosh umrini sho‘ro lagerlarida azob-uqubatda o‘tkazib, 1944 yili vafot etgan.

Chindan ham, uning nomi o‘lmas va o‘chmasdir. Uning nomidagi mahalla, ko‘cha, maktab, madaniy-ma’rifiy o‘choqlar shundan dalolatdir.

Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir. Uning tarjimasida A.S.Pushkinning «Boqchasaroy fontani», M.Yu.Lermontovning «Demon» («Iblis») dostonlari o‘zbek kitobxonlarining qalbiga yetib borgan.

Faoliyati

Usmon Nosirning ilk she’rlari maktabda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda ko‘rina boshlagan edi. Shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to‘plamlari, «Norbo‘ta» va «Naxshon» dostonlari birin-ketin nashr qilindi. Uning «Norbo‘ta» (1932) asarida O‘zbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, «Naxshon»da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan bo‘lsa, antik dunyodagi qullar kurashi «Nil va Rim» kabi poetik asarlarida o‘z aksini topdi.

Usmon Nosir she’riyati, avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va isyonkorligi, ayni chog‘da, sodda va ravonligi bilan kitobxon qalbidan chuqur o‘rin olgan. Shundan bo‘lsa kerak, shoir she’rlari hamon davralarda tez-tez yod aytiladi:

Yurak, sensan mening sozim,

Tilimni nayga jo‘r etding,

Ko‘zimga oyni berkitding,

Yurak, sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu ko‘krak,

Sevinchim toshdi qirg‘oqdan,

Tilim charchar, ajab gohi

Seni tarjima qilmoqdan.

Usmon Nosir 1937 yilning 18 iyulida hibsga olinganda hali 25 yoshga to‘lmagan edi. Xuddi shu damlarda u A.S.Pushkinning «Boqchasaroy fontani» dostonini tarjima qilish bahonasida Moskvada ulug‘ shoir tavalludining 100 yilligida ishtirok etishga muyassar bo‘lgan. Xususan, u tarjima qilgan «Ulug‘ kun» Hamza teatrida muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan. «Vatan haqida qo‘shiq» (Mutal Burhonov musiqasi) Moskvada ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston san’ati o‘n kunligida ijro etilganda gulduros qarsaklar bilan qarshi olingan. Fojiani qarangki, buyuk iste’dodning ana shunday kamolotga ko‘tarilgan bir davrida uni sovet davlatining qatag‘on siyosati ayamadi.

Shoir bir she’rida:

Ming yillardan keyin ham

Unutmas meni bog‘im.

She’rlarim yangrab qolur...

Bir umrga o‘lmayman, -

degan edi

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/usmon_nosir