Uvaysiy

Uvaysiy
Шоир
Таваллуд санаси:
1780 yil
Вафот санаси:
1845 yil

Jahon otin Uvaysiy (1780—1845) Atoqli shoira, o‘zbek shoirlari murabbiysi Jahonotin UvaysiyMarg‘ilondatug‘ilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda she’rlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi bo‘lib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qo‘qonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Marg‘ilonda vafot etadi.

Uvaysiy (taxallusi; ismi Jahon) (1779 — Marg‘ilon —1845) — shoira, ma’rifatparvar. Uvaysiy oilada xatsavodini chiqarib, avval xalfa, so‘ngra onasining yonida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan she’riyat ilmini o‘rgangan, tez orada shoira, otin sifatida tanilgan. Uvaysiy ayniqsa, aruzni, muammo (she’rda fikrni yashirib ifodalash) san’atini mukammal egallagan. Qo‘qon adabiy muhiti bilan yaqinlashib, mushoiralarda qatnashgan. Saroyda Nodira va boshqa xotin-qizlarga she’riyat ilmidan dars berib, ustozlik qilgan. Dilshod otinning ma’lumot berishicha, Uvaysiy Nodira bilan Konibodom, Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent, Andijon kabi shaharlarga borgan. 1842 yilda Buxoro amiri Nasrullaxon Qo‘qonni egallagach, Marg‘ilonga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan.

Uvaysiy 4 devon tuzganligi ma’lum. Pekin bu devonlarning asl qo‘lyozmalari topilmagan. Uvaysiy mumtoz o‘zbek she’riyatining barcha janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy va boshqalarning asarlariga muxammaslar bog‘lagan. Shoiraning adabiy merosida 269 gazal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba, chistoy, 3 doston, tugallanmagan bir manzuma bor. Ijodining g‘oyaviy mavzu doirasi teran va ko‘p qirrali.

Shoira adabiyotda taraqqiyparvar namoyandalarning qarashlari asosida maydonga kelgan inson takdiri, shaxe erki va ma’rifatparvarlik g‘oyalarida latif va dilkash asarlar yaratgan, asarlarida insonni e’zozlash, odamlarni tabiat va xayet nozne’matlaridan bahramand bo‘lishga undash, do‘stlik, vafo va sadoqat haqidagi ulug‘vor niyatlarini Qur’on oyatlari, hadislar va tasavvufiy talqinlar bilan asoslagan holda ijodiy barkamollikka erishgan. Uning she’rlarida tariqatning talab va qoidalariga taallukli bo‘lgan talqinlar ko‘p uchraydi:Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yo‘q ogoh,Qabih guftor mardumdin ko‘ngul dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi.

Uvaysiy o‘z asarlarida yuksak odamiylikni, shu odamiylikni qalb to‘rida avaylovchi vafodor yorni ulug‘laydi, uni Quyosh bilan qiyos qiladi. Quyosh xar tong ufqdan bosh ko‘tarib, o‘zining otashin nuri bilan olamga, odamlarga o‘z mehr va shafqatini sochadi. Shoira yor va oftob tashbihlaridan qarshilantirish san’ati orqali eng go‘zal tuyg‘ular silsilasini yaratadi. Uning lirik qaxramoni mushohadakor donishmand, vafoli oshiq.

Uning anor haqidagi mashhur chistoni o‘zining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida ko‘zga tashlanadi:

Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yo‘q nishon,

Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon?

Tuynugin ochib, alarning holidan olsam xabar,

Yuparida parda tortug‘liq tururlar, bag‘ri qon.

Uvaysiy xayotlik davridayoq nafis lirikasi bilan mashhur bo‘lgan va zamondoshlarining e’tiborini qozongan. Lirik she’rlaridan tashqari, uning "Shahzoda Hasan", "Shahzoda Husan" kabi liroepik asarlari va "Voqeoti Muhammad Alixon" kabi tarixiy dostonlari mavjud. Shoiraning liroepik dostonlari islom tarixi bilan bog‘liq voqealar asosida yaratilgan.

Uvaysiy asarlari o‘zining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan xalq ommasi orasida keng yoyilgan, hofizlar, xonandalar tomonidan maqom va xalq ohanglari yo‘lida kuylanib kelinadi. Uning xattotlar tomonidan ko‘chirilgan 3 nusxa qo‘lyozma devoni O‘zbekiston FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Andijon universiteti kutubxonasida saklanadi.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/uvaysiy