Yashin (Nug'monov) Komil

Yashin (Nug'monov) Komil
Адабиётшунос, Шоир, Ёзувчи
Таваллуд санаси:
1909 yil
Вафот санаси:
1997 yil

Komil Yashin o‘zbek dramaturgiyasida yangi sahifalar ochgan, uning mavzu doirasini kengaytirgan, uzoq umrlik asarlar yaratgan adibdir. Uning o‘zbek teatri va dramaturgiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ulkandir. Yashin adabiyot va san’at sohasidagi xizmatlari uchun «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» va «O‘zbekiston xalq yozuvchisi», 1974 yilda esa «Mehnat Qahramoni» unvonlari bilan taqdirlangan.

Tarjimai hol
Atoqli adib va jamoat arbobi Komil Yashin (Komil Nug’monov) 1909 yil Andijon shahrida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatgach, 1925 yil Leningradga borib, O‘rmon xo‘jaligi institutiga o‘qishga kiradi. So‘ngra maktabda o‘qituvchilik qiladi. 1930-1936 yillarda Yashin O‘zbek davlat muzikali drama teatrida adabiy emakdosh, 1946-1949 yillarda O‘zbekiston Xalq Komissarlari Kengashi qoshidagi san’at ishlari boshqarmasida boshliq vazifalarini ado etadi. U yigirma yildan ortiq vaqt davomida (1958-1980) O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik, Oybek vafotidan so‘ng (1968) «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnaliga muharrirlik ham qiladi. U O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi edi.

Yashinning ijodiy faoliyati 1925 yildan boshlanadi. Bu yillarda uning she’r va ocherklari vaqtli matbuotda ko‘rina boshlaydi. Shoirning «Quyosh» (1930), «Kurash» (1931), «Komsomol» (1933) she’riy to‘plamlariga kirgan asarlarida mehnatkash xalq hayotida sodir bo‘layotgan yangiliklar, yoshlar taqdiri va kelajagi haqidagi fikrlar o‘z ifodasini topadi.

Yashin adabiyot va san’at sohasidagi xizmatlari uchun «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» va «O‘zbekiston xalq yozuvchisi», 1974 yilda esa «Mehnat Qahramoni» unvonlari bilan taqdirlangan.

Yashin o‘zbek dramaturgiyasida yangi sahifalar ochgan, uning mavzu doirasini kengaytirgan, uzoq umrlik asarlar yaratgan adibdir. Uning o‘zbek teatri va dramaturgiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ulkandir.

Yashin 1997 yili vafot etgan. U buyuk san’atkor Halima Nosirovaning umr yo‘ldoshi edi.

Faoliyati
Yashinning birinchi dramatik asari - «Ikki kommunist» 1929-yilda sahnaga qo‘yildi. U jamoalashtirish davrida «O‘rtoqlar» (1930) va «Yondiramiz» (1931) pesalarini yozdi. Uning «Nomus va muhabbat» (1935), «Hamza» (A.Umariy bilan hamkorliqda, 1940) kabi sahna asarlari Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan o‘zbek dramaturgiyasining‘ eng yaxshi namunalaridandir.

Yashinning «Gulsara» (1934), «Nurxon» (1940) pesalari o‘z davri uchun xarakterli sahna asarlari bo‘lgan.

Komil Yashinning urush davrida yaratilgan asarlarida do‘stlarga nisbatan mehr va muhabbat, dushmanlarga esa qahru g‘azab tuyg‘ulari balqib turadi. Uning «O‘lim bosqinchilarga» (1942), «Oftobxon» (1944), «Davron ota» (1942, Uyg‘un, Sobir Abdulla, Chustiy bilan birga yozilgan) dramalariga shu ruh singdirilgan. «General Rahimov» dramasida (1949) birinchi o‘zbek generali Sobir Rahimovning Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan qahramonligi aks ettirilgan.

Adibning 1974 yilda yozgan «Inqilob tongi» dramasida xalqimizning yetuk farzandi, atoqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev siymosi gavdalantirilgan.
Yashin umrining keyingi yillarida «Hamza» romanini yaratdi. Uning so‘nggi asarlaridan biri «Yodnoma» kitobidir.

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/yashin_%28nugmonov%29_komil