Zikir Muhammadjonov

Актёр
Zikir Muhammadjonov
Таваллуд санаси:
01.01.1921
Вафот санаси:
23.08.2012

Teatr va kino aktyori Zikir Muhammadjonov 1921 yilda Toshkentda tug'ilgan. 1951 yilda ishdan ajralmagan holda A. N. Ostrovskiy nomidagi (hozirgi Mannon Uyg'ur nomidagi Toshkent Davlat san'at) Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan.

Zikir Muhammadjonov 1938 yildan beri Hamza nomidagi O'zbek Davlat akademik drama teatrida aktyor sifatida faoliyat ko'rsatib kelgan. M. Shayxzodaning "Jaloliddin" spektaklidagi Temur Malik Z. Muhammadjonovning teatrdagi birinchi roli bo'ldi. Shundan beri u Hamza teatrida sahnalashtirilgan juda ko'plab sahna asarlarida bosh rollarni ijro etdi.

Ferdinand (F. Shiller "Makr va muhabbat"), Benvalio (V. Shekspir "Romeo va Juletta"), Gorasio (V. Shekspir "Hamlet"), Dehqonboy (A. Qahhor "Shohi so'zana"), Furqat (B. Avezov, T. Xo'jaev "Furqat"), Abdulatif (M. Shayxzoda "Mirzo Ulug'bek"), Orif (I. Sulton "Imon"), Sintaro (M. Qaoru "O'g'irlangan umr"), Samandar (A. Muxtor "Samandar"), Beruniy (Uyg'un "Abu Rayhon Beruniy"), Shokir aka (U. Umarbekov "Kuzning birinchi kuni") va boshqa obrazlar Z. Muhammadjonovning teatr san'atidagi ko'p yillik samarali ijodiy mehnatining mahsulidir.

Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Husayn Bayqaro kabi buyuk tarixiy shaxslarning obrazini yaratish aktyor ijodida alohida o'rin tutadiki, turli davrlarda yashagan, turli dunyoqarashga ega bo'lgan Furqat va Hamza, Y. Oxunboboev va general S. Rahimov obrazlarini yaratish, V. Shekspir, F. Shiller asarlaridagi bosh rollarni ijro etish Z. Muhammadjonovning katta salohiyat va iqtidorga ega bo'lgan aktyorligining yorqin dalilidir.

"Navoiy, Ulug'bek, Beruniy, Furqat kabi el sevgan insonlar siymolarini teatrda, kinoda yaratish baxtiga muyassar bo'lganimdan faxrlanaman, -deydi Z. Muhammadjonov.-Ayniqsa, Navoiy obrazi meni ko'proq maftun qilgan. Qalb qo'rimni, yurak taftimni berib ishlaganman, bu rol ustida".

Z.Muhammadjonov o'zbek sahnasida Shukur Burhonovdan keyin taniqli davlat arboblari obrazini gavdalantirishga kirishgan aktyor bo'lib, u o'z uslubi, o'z yo'nalishi, o'z aktyorlik iqtidoriga tayangan holda bu obrazlarni aniq, yorqin va hayotiy tarzda katta muvaffaqiyat bilan ijro etgan.

Dunyoqarashi chuqur, qiziqish doirasi keng, o'zbek san'atida o'z o'rni va ovoziga ega bo'lgan Z. Muhammadjonov uzok yillardan beri kino san'atida ham faol ishtirok etib, Maqsud (I. Sulton, Z. Sobitov, "Fidoiy"), Professor Karimov (H. Fayziev "Koinot yurtining siri"), Sobir Rahimov (K. Yashin, Z. Sobitov "General Rahimov"), Bahrom (A. Hamraev "Dilorom"), Ahmedov (U. Nazarov "Qo'qonda bo'lgan hodisa") kabi esda qolarli obrazlarni yaratdi.

"O'zbekfilm" kinostudiyasida dublyaj qilingan talay filmlarga ovoz berdi. So'nggi yillarda o'zbek televideniesida taniqli o'zbek yozuvchilarining asarlari asosida o'nlab mashhur videofilmlar dunyoga keldiki, ularning ko'pchiligida Z. Muhammadjonov bosh rollarni ijro etdi.

"Navoiy" videofilmidagi Husayn Boyqaro, "Ulug'bek xazinasi"dagi Mirzo Ulug'bek, "Imon"dagi professor Komilov, "Bobur"da Xondamir va boshqa obrazlar hayotiyligi, katta jozibasi, ishontirish kuchining zo'rligi jihatidan alohida diqqatga sazovordir. Respublika radiosida tayyorlangan radiospektakl va radiopostanovkalarning ko'pchiligida ham san'atkor asosiy rollarni ijro etdi.

Muhammadjonov uzoq yillardan beri o'zbek teatr va kino san'atining muhim nazariy va amaliy muammolarini matbuotda dadil ko'tarib chiqqan. "Teatr va rejissyor", "Teatr va aktyor", "Teatr va zamonaviylik" mavzusida, Abror Hidoyatov, Obid Jalilov, H. Latipov, M. Qorieva, M. Uyg'ur va boshqa
taniqli san'atkorlar to'g'risida maqolalar yozib, televidenie va radio orqali beriladigan teatr va kino ko'rsatuvlari hamda eshittirishlarida faol qatnashib, o'zbek teatr va kino san'ati ravnaqiga ham amaliy, ham nazariy jihatdan o'z hissasini qo'shib keldi.

Muhammadjonov jamoat ishlarida ham faol qatnashib, O'zbekiston teatr jamiyatiga rahbarlik qilgan.
Taniqli o'zbek teatr va kino aktyori Z. Muhammadjonovning serqirra va sermazmun ijodiy faoliyati "O'zbekiston xalq artisti", "Xalq artisti" (1977) faxriy unvonlari, Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Muhammadjonov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan 1998 yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi.
 

 

Манбаа: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/muhammadjonov_zikir_
Сайт фойда берди!
85139 та одамга сайт фойда берди 😊

Лойиҳаларимиз

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — Ўзбек ва дунё исмларининг маъноси. Исмлар маъноси, 2008–2024
Obuna ва GoodGroup лойиҳаси